Page 465 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 465

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             yordamida lo yihalarni baholashning o‘z versiyalarini ishlab chiqqan.
             Shu ningdek,  Jahon  Banki,  Xalqaro  valyuta  jamg‘armasi  (XVJ)  va
             boshqa  ko‘plab  nufuzli  tashkilotlar  tomonidan  ham  o‘z  yo‘nalishi
             va  xususiyatiga  ega  bo‘lgan  baholash  uslubiyoti  ishlab  chiqilgan.
             Hozirda O‘zbekiston Respublikasida ham ushbu usullardan, asosan,

             tijorat banklarida foydalanish keng yo‘lga qo‘yilgan va qo‘yilmoqda,
             amaliy mahoratlar egallanmoqda, xorijiy tajribalar o‘zlashtirilmoqda
             hamda ular o‘z samarasini bermoqda. Pul mablag‘larini (investitsiya
             loyihalari bo‘yicha pul oqimlarini) diskontlashga asoslangan baholash
             usullaridan biri investitsiyalarning sof joriy qiymatini aniqlash usuli
             hisoblanadi (NPV). Ayrim zamonaviy iqtisodiy adabiyotlarda bu usul
             sof keltirilgan qiymat, sof diskontlangan daromad yoki sof zamonaviy
             qiymat deb ham ataladi. Bu usul ikkita xususiyatdan kelib chiqadi:
                – har qanday firma o‘z boyligini (qiymatini) maksimallashtirishga

             intiladi;
                – turli xil vaqtdagi xarajatlar bir xil qiymatga ega bo‘lmaydi.
                Sof joriy qiymat – investitsiyalash obyektidan foydalanish davrida
             oldindan  qatʼiy  belgilangan  va  o‘zgarmas  foiz  stavkasi  (meʼyori)da
             olinadigan daromadlar va qilinadigan xarajatlarning alohida muayyan
             davrdagi barcha kirim va chiqimlarining diskontlashti rish yo‘li bilan
             olingan va ular o‘rtasidagi farqni ifodalovchi qiymat. Uning mohiyati

             shundaki, yillik sof pul oqimi miqdori har bir davr uchun loyihani
             amalga  oshirishning  boshlang‘ich  yiliga  keltiriladi  va  u  oqibatda
             o‘zini  pul  miqdorida  sof  joriy  qiymat  yoki  sof  diskonlashtirilgan
             daromad (diskontlashtirilgan daromad va xarajatlar o‘rtasidagi
             farq) sifatida namoyon etadi. Shuning uchun ham sof joriy qiymat
             muayyan  vaqt  oralig‘i  bo‘yicha  xarajatlar  va  daromadlarning
             farqlanishi bilan izohlanadi. Sof joriy qiymatni hisoblash firmaning
             investitsion qarorlar qabul qilish jarayonining asosi hisoblanadi.
             Uni hisoblash quyidagicha: eng avvalo, kerakli diskontlash stavkasi

             tanlab olinadi, so‘ngra loyihadan kutilayotgan daromadlarning joriy
             qiymati va ushbu loyiha uchun talab etilayotgan investitsiyalarning
             joriy  qiymati  hisoblab  chiqiladi,  keyin  barcha  daromadlarning  sof
             joriy qiymatidan barcha investitsiyalarning sof joriy qiymati ayirib

                                                  464
   460   461   462   463   464   465   466   467   468   469   470