Page 463 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 463

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
                Loyihaning  amalga  oshirilishi  va  uning  samaradorligini  nazorat
             qilishni D.P. Endryu va G.R. Silkinlar tomonidan tavsiya etilgan 4S –
             omil konsepsiyasi asosida amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. 4S –
             omil konsepsiyasi quyidagi to‘rtta ko‘rsatkichni o‘z ichiga oladi: start-
             up costs-dastlabki investitsiyalar; speed-keng quloch yozish tezligi;

             scale – ko‘lam samarasi (talab qilinuvchi hajmga erishish uchun zarur
             bo‘ladigan  vaqt);  support  costs  –  qo‘llab-quvvatlovchi  xarajatlar
             (11.1-rasm).  Loyihani  amalga  oshirish  va  kengaytirish  bosqichida
             zamonaviy korxona bunyod qilish va yangi obyektlarni ishga tushirish
             borasida  zamonaviy  texnologiyalarni  qo‘llash  orqali  foydalanishga
             topshirish muddatlarini qisqartirishimiz va ajratilgan mablag‘larni
             sezilarli darajada tejab qolishimiz mumkin bo‘ladi. Kengaytirish
             bosqichiga  xos  bo‘lgan  mazkur  tavsifni  “innovatsion  darcha”  deb
             nomlash qabul qilingan bo‘lib, u loyihaning butun hayotiylik sikli

             davomida xarajatlarni shakllantirish mexanizmini belgilab beradi.
             Loyihani kengaytirish bosqichida moliyalashtirishning yetishmasligi
             “innovatsion  darcha”  tomonidan  taqdim  etilgan  imkoniyatlarni
             chippakka chiqaradi.
                Innovatsion loyihaning samaradorligini baholash maqsadida mah-
             sulotning hayotiylik sikli bosqichlarini ajratib olish borasida
             P. Boyer modeliga asoslangan quyidagi yondashuv taklif etiladi. Oltita

             bosqichdan  iborat  bo‘lgan  inkubatsiya  davri  loyihani  kengaytirish
             bos qichi  deb  tushuniladi  va  odatda  unga  nisbatan  “innovatsion
             darcha”  atamasi  qo‘llaniladi.  “Yetuklik”  bosqichining  boshlanishi
             bilan loyiha samaradorligini baholash tugamaydi, aksincha F. Uebster
             tomonidan ishlab chiqilgan yondashuv asosida bozorning to‘yinish
             va tushkunlik fazalari kengroq tahlil qilinadi (11.1-rasm).
                Innovatsion loyihani taqdim etishning mazkur modelining o‘ziga
             xos xususiyati  shundaki,  innovatsion  loyiha hayotiylik siklining
             dastlabki  bosqichlarida  xarajatlarni  imkon  darajasida  qisqartirish

             maqsadida  loyiha  konsepsiyasi  “innovatsion  darcha”  boshqaruv
             vositasi  yordamda  kengaytiriladi.  Modelning  ikkinchi  o‘ziga  xos
             tomoni  shundaki,  loyihaning  yakuniy  bosqichlarida  biz  anʼanaviy
             kompaniya  sifatida  pul  mablag‘larini  qabul  qilish  imkoniyatidan

                                                  462
   458   459   460   461   462   463   464   465   466   467   468