Page 461 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 461

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             maqsadida tuziladigan shartnomadir. Subyektlar o‘rtasida debitorlik
             va  kreditorlik  qarzlari  muammosi  paydo  bo‘lganda,  yaʼni  tovar-
             moddiy qiymatliklarni jo‘natgan subyekt xaridordan mahsulot haqini
             o‘z muddatida undirolmasa yoki bunday qarzlar shubhali, ularni
             undi rish  ehtimoli  kam  bo‘lsa  faktoring  vositasida  qarzni  undirish

             ama liyoti qo‘llaniladi.
                Faktoringda vositachi korxona (odatda bank) qarz bergan subyekt-
             dan  maʼlum  bir  komission  to‘lov  evaziga  qarzdordan  mablag‘ni
             undirish huquqini qo‘lga kiritadi. Faktoring shartnomasi tuzilishi
             bilan subyekt undirolmay turgan qarzning aksariyat qismini faktoring
             sub yektidan (yoki bankdan) oladi. So‘ngra faktoring korxonasi qarzdor
             korxonaga qarzni undirish bo‘yicha daʼvo qo‘zg‘atadi.
                Faktoringning  afzalligi  shundaki,  u  noto‘lovlar  muammosini
             qisman bo‘lsada yechishga imkon beradi.

                6. Subyektning faoliyati bilan bog‘liq tavakkalchilikni o‘tkazishning
             eng samarali  usullaridan biri  – sug‘urtadir. Sug‘urtalashda sub-
             yektning  ishlab  chiqarish,  tijorat,  moliyaviy  faoliyati  yoki  tabiiy
             omillar  taʼsirida  yuzaga  kelishi  mumkin  bo‘lgan  xatarlarning
             tavakkalchiligi  maʼlum  haq  to‘lash  evaziga,  shartnoma  asosida
             sug‘urta kompaniyasining zimmasiga o‘tkaziladi.
                Tavakkalchilikning  biror  turi  natijasida  subyekt  zarar  ko‘rsa,

             zararning katta qismi sug‘urta shartnomasiga asosan sug‘urta
             kompaniyasi tomonidan qoplanadi.
                7. Xedjirlash – moliyaviy yoki tijorat faoliyatida baholarning (va-
             lyuta kursining) tebranib turishidan yo‘qotishlarni kamaytirish uchun
             tavakkalchilikni  fyuchers  shartnomalari  yordamida  sug‘urtalash
             shakli hisoblanadi.
                Baho  (kurs)ning  o‘zgarishi  tavakkalchiligini  sug‘urtalashga
             xizmat qiluvchi shartnoma “xedj” deb ataladi. Xedjerlashni amalga
             oshiruvchi subyekt “xedjer” deb ataladi.

                Xedjerlashning ikki turi mavjud:
                1. Oshishdan xedjerlash;
                2. Pasayishdan xedjerlash.
                Oshishdan xedjerlash kelgusida subyekt isteʼmol qiladigan moddiy

                                                  460
   456   457   458   459   460   461   462   463   464   465   466