Page 458 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 458
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
1. Oldindan rejalashtirilgan holda zararlarni qoplovchi maxsus
zaxira jamg‘armalarini yaratish.
2. Rejalashtirilmagan tavakkalchilikdan ko‘rilgan zararlarni foyda
yoki aktivlar hisobidan qoplash.
Oldindan rejalashtirilgan zaxira jamg‘armalarini yaratish o‘zini-
o‘zi sug‘urtalash jarayonini anglatadi. Subyekt favqulodda yuz
beradigan tavakkalchilik holatlari uchun foydadan ajratma hisobiga
maxsus jamg‘arma (tavakkalchilik jamg‘armasi) yaratadi. Masa-
lan, yirik tadbirkorlik subyekti uncha qimmat bo‘lmagan uskunani
tasodifiy xatarlardan sug‘urtalashni maxsus sug‘urta kompaniyasi
orqali amalga oshirishni maʼqul ko‘rmaydi. O‘zini-o‘zi sug‘urtalash
zarar ehtimoli kichik bo‘lgandagina maqsadga muvofiq. Biroq zaxira
jamg‘armasi foyda keltirmaydigan o‘lik kapital ekanligi uchun,
tadbirkorlar bunday jamg‘armani qisqartirishga harakat qiladilar.
Ikkinchi holatda, yaʼni rejalashtirilmagan tavakkalchilikni o‘ziga
olishda tadbirkorlik firmasi tavakkalchilik natijasidagi yo‘qotishlarni
foyda yoki aktivlardan qoplashiga to‘g‘ri keladi. Agar yo‘qotishlar haj-
mi foydadan katta bo‘lsa, joriy likvidli aktivlar yoki xususiy kapital-
ning bir qismidan voz kechishga to‘g‘ri keladi.
Tadbirkorlik tavakkalchiligini pasaytirishning yana bir usuli bu
tavakkalchilikni taqsimlash yoki birlashtirish yo‘li bilan yo‘qotishlarni
Qisqartirish hisoblanadi.
Tavakkalchilikni taqsimlash, odatda, tadbirkorlik firmasining
aktivlarini taqsimlash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Mulk tadbirkor oilasining turli aʼzolari nomiga o‘tkaziladi yoki
shu maqsad uchun yaratilgan korporatsiya va trast firmalari nomiga
o‘tkaziladi. Bunda bir maqsad atrofida birlashgan tadbirkor oilasining
aʼzolari yoki yaqin aloqada bo‘lgan tadbirkorlarning guruhi (shirkat,
korporatsiya, konsern va boshqa) tavakkalchilik qilish oqibatida
ko‘rilishi mumkin bo‘lgan foyda va zararlarni o‘zaro taqsimlaydilar.
Tavakkalchilikni taqsimlash orqali kamaytirish usullaridan biri –
diversifikatsiyalashdir. Uning mohiyati bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan
turli xildagi faoliyat ko‘rinishlari o‘rtasida kapital qo‘yilmalarni va
tovar-moddiy resurslarni taqsimlashdan iborat. Agar tavakkalchilik
457