Page 462 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 462

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
          resurslarning  narxlari  (valyuta  kurslar)ining  oshishi  ehtimolidan
          sug‘urtalanishi zarur bo‘lgan holatlarda qo‘llaniladi. Shu yo‘l bilan
          oshishdan  xedjerlashni  amalga  oshiruvchi  xedjer  o‘zini  kelgusida
          baholarni oshishidan ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zarardan sug‘urtalaydi.
            Pasayishdan xedjerlash kelgusida tovarning bahosi pasayishi ta-

          vak kalchiligidan  qochib,  uning  oldi-sotdi  shartnomasini  fyuchers
          bo zoridagi hozirgi baho darajasida sotish bilan bog‘liq birja
          operatsiyasini anglatadi. Pasayishdan xedjerlashni amalga oshiruvchi
          xedjer kelajakda sotadigan tovar shartnomasini birjada shoshilinch
          sotib, o‘zini kelajakda ko‘rishi mumkin bo‘lgan zarardan sug‘urtalaydi.


                        11.2. Loyihani amalga oshirish va uning
                              samaradorligini nazorat qilish
            Bozor  sharoitida  loyiha  u  yarata  olishi  mumkin  bo‘lgan  uchta

          soha: sotishdan tushum, foyda va aksiyadorlar (mulkdorlar) boyligi
          nuqtai nazaridan qarab chiqiladi. Ushbu holatda biznesning umumiy
          samaradorligi, g‘arb iqtisodiy adabiyotlarida erkin pul oqimlari (FCF
          – free cash flaw) deb ataladigan sof pul oqimida (CF – cash flaw) aks
          etadi. Erkin pul oqimlari (FCF)ning o‘ziga xos xususiyati shundaki,
          vaqt omilining kiritilishi bilan bu ko‘rsatkichning o‘sishi ikki qarama-
          qarshi  maʼnodagi  muvaffaqiyatga  ega  bo‘lishi  mumkin:  qisqa

          muddatli muvaffaqiyat – “sarmoyalarni tezda kapitalizatsiya qilish –
          erkin pul mablag‘ini olish” yoki qiymatni ko‘zda tutgan holda uzoq
          muddatli  muvaffaqiyat.  Investitsiyalarni  tezkor  kapitallashtirishda
          loyiha rahbariyatining eʼtibori birinchi navbatda foydaga qaratiladi,
          qiymatli yondashuvda esa asosiy eʼtibor loyihaning kapitallashuviga
          qaratiladi.  Shuning  uchun  ham  menejment  jamoasi,  aksiyadorlar,
          audit, nazorat qiluvchi va reyting tashkilotlarining turlicha bo‘lgan
          iqtisodiy manfaatlarini nazardan chetda qoldirmaslik talab qilinadi.
            Bir  qator  ekspertlarning  fikriga  ko‘ra,  qisqa  muddatli  moliyaviy

          natijalarga erishish borasida vaqtdan yutish va menejment jamoasini
          tashkil etish borasidagi o‘ziga xos musobaqalashuv natijasida
          mahsulotning  bozordagi  hayotiylik  davri  5-7  yildan  1-3  yilgacha
          qisqardi.

                                               461
   457   458   459   460   461   462   463   464   465   466   467