Page 460 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 460

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
            Tavakkalchilikni boshqalarga o‘tkazishning ikki tomon uchun ham
          foydali sabablari mavjud:
            1.  Tavakkalchilikni  o‘ziga  olishda  ko‘rilishi  mumkin  bo‘lgan
          zararlarning miqdori tavakkalchilikni o‘tkazishdagiga nisbatan ko‘p
          bo‘lishi mumkin.

            2.  Tavakkalchilik  o‘tkaziladigan  tashqi  subyekt  xatarlarni
          kamaytirishning samarali usullarini bilishi va ko‘proq imkoniyatlarga
          ega bo‘lishi mumkin.
            3.  Tavakkalchilikni  o‘tkazuvchi  maʼlum  to‘lov  evaziga  ehtimol
          tutilgan  zararlardan  o‘zini  himoyalashga  erishsa,  tavakkalchilikni
          oluvchi o‘tkazuvchilar badali hisobidan daromad ko‘rish imkoniyatiga
          ega bo‘ladi.
            Tavakkalchilikni o‘tkazishning quyidagi shakllari uchraydi:
            1.  Qurilish  shartnomalari  –  bunday  shartnomani  tuzish  orqali

          tadbirkor  turli  obyektlarni  qurish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  barcha
          tavakkalchilikni qurilish firmasining bo‘yniga o‘tkazadi.
            2. Yuklarni asrash va jo‘natish shartnomasini imzolash orqali
          tadbirkor mahsulotlarni tashish va asrash davrida yuz berishi mumkin
          bo‘lgan  yo‘qotishlar  va  buzilishlar  bo‘yicha  xatarni  maʼlum  to‘lov
          evaziga transport kompaniyasining zimmasiga o‘tkazadi.
            3. Sotish, xizmat ko‘rsatish va taʼminlash shartnomasi tadbirkorga

          tovar va xizmatlarni tarqatish bilan bog‘liq tavakkalchilik xatarlarini
          distribyutorlar  zimmasiga  o‘tkazish  orqali,  ehtimol  tutilgan
          yo‘qotishlarni kamaytirishga imkon yaratadi. Bu yo‘l bilan subyekt
          isteʼmolchi sifatida asosiy vositalar va asbob-uskunalarning buzilishi,
          ishdan chiqishi xatarlarini kafolat muddati davomida ularni ishlab
          chiqargan yoki sotgan kompaniyaning zimmasiga o‘tkazadi.
            4.  Ijara  –  tavakkalchilikni  o‘tkazishning  keng  qo‘llaniladigan
          usullaridan biri. Keyingi paytlarda keng tarqalayotgan ijara turlaridan
          biri moliyaviy ijara yoki lizingdir. Ijaraga beruvchi o‘z mulkini maʼlum

          bir davr oralig‘iga ijaraga berib, uning saqlanishi va ishlatilishi bilan
          bog‘liq tavakkalchilikni ijaraga oluvchining zimmasiga o‘tkazadi.
            5.  Faktoring  –  debitor  qarz  majburiyatini  faktor  vositachiga
          o‘tkazayotgan subyektning qarz undirish tavakkalchiligini kamaytirish

                                               459
   455   456   457   458   459   460   461   462   463   464   465