Page 456 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 456

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
          oqibatida korxonaning bankrotlikka uchrash ehtimoli vujudga keladi.
            Joriy likvidli aktivlar<Zararning miqdori≤Xususiy kapital (3)
            Tavakkalchilikni  baholashda  koeffitsiyentlardan  foydalanish
          mumkin. Sof foydaga, joriy likvidli mablag‘larga va xususiy kapitalga
          nisbatan tavakkalchilik koeffitsiyentlarini hisoblash mumkin:

            K = ZM/SF (4), K = ZM/JLM (5),  K = ZM/XK (6).
                                                    xk
              sf
                               jlm
            Bu yerda, Ksf, Kjlm, Kxk – sof foydaga, joriy likvidli mablag‘larga va
          xususiy kapitalga nisbatan tavakkalchilik koeffitsiyentlaridir;
            ZM – ko‘rilgan zararning miqdori, so‘m;
            SF – subyektning sof foydasi, so‘m;
            JLM – korxonaning joriy likvidli mablag‘lari, so‘m;
            XK – korxonaning xususiy kapitali, so‘m.
            Tavakkalchilik koeffitsiyentlarini hisoblashda quyidagi holatlarga
          eʼtiborni qaratish kerak. Agar sof foydaga nisbatan hisoblangan tavak-

          kalchilik koeffitsiyenti birdan ortib ketsa, ko‘rilgan zarar yo‘l qo‘yili-
          shi mumkin bo‘lgan darajadan ortib, jiddiy zarar tug‘diradigan tavak-
          kalchilikka aylanganini bildiradi va zararni miqdorini korxonaning
          joriy likvidli mablag‘lariga nisbatan solishtirish zaruriyati tug‘iladi.
          Joriy  likvidli  mablag‘larga  nisbatan  hisoblangan  tavakkalchilik
          koeffitsiyenti  birdan  ortib  ketganda  esa,  tavakkalchilik  darajasi
          korxona uchun o‘ta xavfli ekanligidan darak beradi va zarar miqdorini

          xususiy  kapital  bilan  solishtirish  zaruriyati  tug‘iladi.  Har  uchala
          formulada  ham  tavakkalchilik  koeffitsiyentlari  birdan  kichik  yoki
          teng (Kt≤1) bo‘lsagina hisoblanayotgan tavakkalchilik mezoniga mos
          keladi.
            Korxona  qancha  katta  kapitalga  egalik  qilsa,  ishlab  chiqarish
          samaradorligi, rentabellik darajasi va joriy aktivlar likvidligi yuqori
          bo‘lsa, uning tavakkalchilikka taʼsiri shuncha kam bo‘ladi va tadbirkor
          tavakkalchilik  vaziyatlarida  qo‘rqmasdan  masalalarni  hal  qilishi
          mumkin.

            Tavakkalchilikni  baholash  har  bir  tadbirkorning  aql-idrokiga
          bog‘liq.  Konservativ  toifadagi  tadbirkorlar,  odatda,  yangiliklarga
          ko‘p  intilmasdan,  mumkin  bo‘lgan  har  qanday  tavakkalchilikdan
          qochish ga harakat qiladilar. Boshqa toifadagi tadbirkorlar esa agar

                                               455
   451   452   453   454   455   456   457   458   459   460   461