Page 451 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 451

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
                                                                               11.1-jadval
                    Innovatsion faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan tavakkalchiliklar


                 Tavakkalchilik                             Tarkibi
                     turlari
              Tabiiy jarayonlar bilan   - favqulodda yuz beradigan tabiiy ofatlarning (yer qimirlashi, yong‘in,
              bog‘liq tavakkalchilik  suv toshqini, jala, do‘l, dovul, qurg‘oqchilik va boshqa) xavfi;
                                   - tabiiy-iqlimiy sharoitlar, ob-havoning keskin o‘zgarishi bilan bog‘liq
                                   xavf-xatarlar va boshqalar.
              Ishlab chiqarishga oid   - ishlab chiqarish jarayonining izdan chiqishi yoki to‘xtab qolishi xav-
              tavakkalchilik       fi;
                                   - moddiy resurslar bo‘yicha taʼminotdagi uzilishlarning xavfi;
                                   - texnologik asbob-uskunalarning jismoniy va maʼnaviy eskirishi, ish-
                                   dan chiqishi va buzilish xavfi;
                                   - bino-inshootlarning yemirilishi, cho‘kishi va qulashi bilan bog‘liq
                                   xavflar;
                                   - sifatsiz xomashyo oqibatida yaroqsiz mahsulot ishlab chiqarish xav-
                                   fi;
                                   - mehnat xavfsizligiga rioya etmaslik oqibatida xodimlarning jarohat
                                   olishi xavfi va boshqalar.
              Mahsulotlarni asrash   - transport vositalarida yuklarni tashish jarayonida ro‘y berishi mum-
              va tashishga oid tavak-  kin bo‘lgan yo‘qotishlar va nobudgarchiliklar;
              kalchilik            - mahsulotlarni asrash jarayonida yuz berishi mumkin tabiiy meʼyor-
                                   dagi va undan yuqori bo‘lgan buzilishlar va nobudgarchiliklar xavfi;
                                   - tovar-moddiy qiymatliklarni o‘g‘irlash va talon-taroj qilish oqibati-
                                   da ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlar.
              Tijorat faoliyatiga oid   - bozor konyukturasidagi o‘zgarishlar xavfi;
              tavakkalchilik       - isteʼmolchilar talabining tushib ketishi xavfi;
                                   - bozorda taklif hajmining keskin oshib ketishi xavfi;
                                   - mahsulotning sotilmay qolishi xavfi;
                                   - raqobat kurashiga bardosh berolmaslik xavfi;
                                   - mahsulot bahosining keskin pasayishi xavfi va boshqalar.
              Moliyaviy faoliyatga   - pulning qadrsizlanishi va inflyatsiya xavfi;
              oid tavakkalchilik   - valyuta hisob raqamidagi mablag‘larning salbiy farqlanishi xavfi;
                                   - investitsion sarflarning o‘zini qoplamasligi xavfi;
                                   - pul oqimlari va aylanma mablag‘larning yetishmasligi xavfi;
                                   - debitor va kreditor qarzlarning ko‘payib ketishi xavfi;
                                   - noto‘lovlar xavfi;
                                   - qimmatli qog‘ozlar qiymatining tushib ketishi xavfi;
                                   - qarzga olingan mablag‘larni qaytarolmaslik xavfi va boshqalar.
              Siyosiy, iqtisodiy va   - milliy mojarolar, harbiy to‘qnashuvlar, g‘alayonlar, terrorizm xavfi;
              ijtimoiy xarakterdagi   - ish tashlashlar, korrupsiya va jinoyatchilik xavfi;
              tavakkalchilik       - kutilmaganda soliq, bojxona va boshqa meʼyoriy qonunchilik hujjat-
                                   larining o‘zgarishi;
                                   - iqtisodiy beqarorlik va o‘sish surʼatlarining pasayishi;
                                   - eksport va import tartibini murakkablashtirish xavfi.

                Manba:  A.A.  Mamatov,  T.T.  Jo‘rayev,  A.N.  Erkayev  Innovatsion
             iqtisodiyot. –T.: 2019, 456 bet.

                                                  450
   446   447   448   449   450   451   452   453   454   455   456