Page 447 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 447

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
                Bosqichning  maqsadi  –  taqdim  etilgan  innovatsion  loyihalarni
             umumlashtirilgan  tahlildan  o‘tkazish  va  baholash.  Ushbu  bosqich
             quyidagi odimlarni o‘z ichiga oladi:
                a) innovatsiyalarni amalga oshirishning tashkilotning asosiy mu am-
             molari yechimini taklif eta oladigan asosiy yo‘nalishlarini belgilash;

                b)  ajratib  olingan  yo‘nalishlar  bo‘yicha  ekspertizalar  olib  borish
             uchun loyihalarni taqsimlash;
                d) ekspertizaning ishchi usulini ishlab chiqish;
                e) ekspert guruhlar ishini tashkil qilish (NIO yoki marketing bo‘limi
             boshqa bo‘linmalardan mutaxassislarni jalb etgan holda);
                f)  hisob-kitoblar  va  ekspertizalar  natijalari  bo‘yicha  loyihalarga
             dastlabki baho berish;
                g) istiqboli yo‘q loyihalarni chiqarib tashlash.
                Mazkur  bosqichda  loyiha  bitta  eng  muhim  mezon  (masalan,

             iqtisodiy samaradorlik mezoni) bo‘yicha tanlanadi, bunda baholash
             parametri past bo‘lgan loyihalarni chiqarib tashlashdan iborat oddiy
             qoidadan foydalaniladi.
                2.  Ustuvor  (boshlang‘ich)  yo‘nalishlar  bo‘yicha  portfelni
             shakllantirish.
                Bosqichning  maqsadi  –  loyihalarni  ustuvorliklar  bo‘yicha  puxta
             tahlil qilish va taqsimlash. Bu erda quyidagi qadamlar ko‘zda tutiladi:

                a) innovatsion loyihalarni bir nechta mezonlar (3-5 ta) bo‘yicha
             tahlil qilish;
                b) loyihalarning ustuvorlik darajasini aniqlash;
                v) loyihalarni ustuvorlik darajalari bo‘yicha taqsimlash.
                Barcha loyihalar tegishli shkala bo‘yicha, masalan, “past”, “o‘rtadan
             past”, “o‘rtadan yuqori”, “yuqori” baho bilan baholanadi. “O‘rtadan
             yuqori”  yoki  “yuqori”  baho  olmagan  loyihalar  dastlabki  tanlov
             bosqichidayoq chiqarib tashlanadi va rad etilgan, deb hisoblanadi.
                Qolgan loyihalar ustuvorlik darajasi (sinfi) bo‘yicha taqsimlanadi:

                a) ustuvor loyihalar – bu umumiy samarasi (natijalar sarf-xarajatlar)
             70-80 foizdan kam bo‘lmaydigan loyihalardir;
                b) ustuvor loyihalarning birinchi 20-30 foizi o‘ta ustuvor loyihalar
             hisoblanadi.

                                                  446
   442   443   444   445   446   447   448   449   450   451   452