Page 443 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 443
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
amalga oshirishi mumkin. Innovatsion dasturlarni shakllantirish va
amalga oshirishga ko‘plab misollar mavjud.
Innovatsion loyihalarni ishlab chiqishda zamonaviy innovatsion
loyihalar, odatda, katta investitsiyalarni talab qilishini, ular esa
doim ham bo‘lavermasligini hisobga olish zarur. Shuning uchun
investitsiyalar haqidagi masala ancha qiyin hal etiladigan muammodir,
chunki mazkur loyihaning zarurligini, foydaliligini va samaraliligini
isbotlash kerak bo‘ladi. Bu holatda asosiysi moliyalashtirish manbaini
tanlash, uning hajmini, vaqt bo‘yicha to‘lovlar darajasi va hokazodir.
Bu holatda investor o‘ziga loyihaning mohiyatini tushuntirib berish,
hamkorlik qanday afzallik berishini, va eng asosiysi, ular oladigan eng
minimal va eng yuqori foyda miqdorini namoyish qilish talab etiladi.
Ushbu ko‘rsatkichlarning hammasini investorlarni kapital ajratishga
ishontirish uchun tegishli tarzda rasmiylashtirish kerak.Innovatsion
loyiha yetarlicha batafsil tuzilishi kerak, chunki bo‘lajak investor loyiha
bilan tanishganda mo‘ljallanayotgan dastur haqida to‘liq tasavvurga
ega bo‘lishi va uning maqsadlarini tushunishi lozim. Innovatsion
loyihani qay darajada detallashtirish va uning tarkibi bo‘lajak dastur
va u tegishli soha hajmlariga bog‘liq. Masalan, qandaydir mahsulotni
ishlab chiqarish yoki innovatsion texnologiyani joriy etishni
yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilayotgan bo‘lsa, juda batafsil reja ishlab
chiqilishi lozim, uning qanchalik batafsilligi innovatsion dasturning
yakuniy mahsuloti murakkabligiga va mazkur mahsulot bozorining
murakkabligiga bog‘liq. Innovatsion loyiha ning tarkibi, shuningdek,
taxminlanayotgan sotuv bozori ko‘lamiga, raqobatchilarning bor-
yo‘qligiga va dastur natijalaridan foydalanish istiqbollariga bog‘liq.
Innovatsion loyihaning asosiy bo‘limlari quyidagilar (variant):
1. Umumiy obzor (taklif etilayotgan innovatsion loyihaning maq-
sadi va mohiyati, taklif etilayotgan innovatsiyaning turi, loyihani
amalga oshirishdan kutilayotgan haqiqiy foyda hamda loyihani
amalga oshirishga sarflanadigan xarajatlar miqdori va turlari).
2. Tovarlar yoki xizmatlar tavsifi (taklif etilayotgan tovarlar va xiz-
matlar bayoni, ulardan foydalanish sohasi, yangiligi va patent bilan
himoyalanganligi, dizaynning o‘ziga xosligi, tovarlar va xizmatlar-
442