Page 441 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 441
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
Bu esa mustaqil ekspertlarning loyihalarini baholash bo‘yicha
fikrlarini o‘zaro korrelyatsion bog‘lashni nihoyatda qiyinlashtiradi;
Innovatsion loyihalar ko‘p mezonliligi va yuqori darajali
mavhumliligi bilangina farq qilmasdan, balki sifatli baholash bo‘yicha
ham farqlanadi.
Innovatsion loyihalar g‘oyalar, fikrlar va texnik yechimlarning il-
miy-texnik ahamiyati darajasi bo‘yicha quyidagi tarzda tasniflanadi:
1) modernizatsiya loyihalari, bunda namuna konstruksiyasi yoki
asosiy texnologiya tub o‘zgarmaydi;
2) novator loyihalar, bunda yangi buyum konstruksiyasi turiga
va unsurlari xossalariga qarab oldingisidan jiddiy farq qiladi (yangi
xossalarni qo‘shish, masalan, ushbu turdagi buyumlarda ilgari
qo‘llanilmagan avtomatlashtirish vositalarini, lekin boshqa turdagi
buyumlarda qo‘llangan kiritish);
3) ilgarilab boruvchi, bunda mahsulot va xizmatlar konstruksiyasi
ilgarilab boruvchi yechimlarga asoslanadi;
4) pioner loyihalar, ilgari mavjud bo‘lmagan materiallar paydo
bo‘lganda;
5) oldingi va hattoki yangi funksiyalarni bajaradigan konstruksiyalar
va texnologiyalar;
Loyihaning ahamiyat darajasi uning murakkabligi, davomiyligi, ijro-
chilar tarkibi, ko‘lami, natijalarni ilgari surish xususiyati bilan belgilanadi,
bu loyihani boshqarish mazmuniga ham o‘z taʼsirini o‘tkazadi.
Hal etilayotgan masalalar ko‘lamlariga qarab innovatsion loyihalar
quyidagilarga ajratiladi:
1) monoloyihalar – odatda, bitta tashkilot yoki hattoki bitta
bo‘linma tomonidan bajariladigan loyihalar. Ular bitta innovatsion
maqsad qo‘yilishi (aniq buyumni, texnologiyani yaratish) bilan farq
qiladi, qatʼiy vaqt va moliya doirasida amalga oshiriladi, unda loyiha
muvofiqlashtiruvchisi yoki rahbari talab etiladi;
2) multiloyihalar – o‘nlab monoloyihalarni birlashtiruvchi kompleks
dasturlar ko‘rinishida taqdim etiladigan, murakkab innovatsion
maqsadga erishishga qaratilgan loyihalar, bunday maqsadga, masa-
lan, ilmiy-texnik majmuani barpo etish, yirik texnologik muammoni
440