Page 444 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 444

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
          ning asosiy texnik-iqtisodiy va isteʼmol tavsiflari, ularning rasmdagi
          tasviri, tovarlar va xizmatlar afzalliklari, sertifikatlash va h.k.).
            3. Tovarlar va xizmatlarni sotish bozorlari (sotuv bozori turi,
          istiqbolli bozorlar, ularning joylashuvi va tavsifi, bu bozorlarda firma-
          ning bashoratlanayotgan ulushlari, salohiyatli isteʼmolchilar tavsifi,

          yangi tovarlar va xizmatlarga talabni belgilovchi omillar, sotuvlar-
          ning salohiyatli hajmlari va hokazolar).
            4. Tovarlar va xizmatlar raqobatbardoshligi (raqobatchi firmalar-
          ning  qisqacha  tavsifi,  yangi  tovar  yoki  xizmatning  raqobatchi
          firmadagi o‘xshash tovar yoki xizmatga nisbatan raqobat afzalliklari,
          firma tovarlar va xizmatlar raqobatbardoshligini himoya qilish uchun
          qo‘llaydigan raqobat strategiyalari va hokazolar).
            5. Marketing rejasi (amalga oshirilayotgan loyihaning marketing
          maqsadlari va strategiyasi, loyihani amalga oshirish natijasida firma

          taklif  qiladigan  tovarlar  va  xizmatlarni  ilgari  surish  hamda  sotish
          strategiyasi, tovar yoki xizmatni sotishni rag‘batlantirish usullari,
          mijozlarga sotishdan keyin xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish, taklif
          etiladigan tovarlar yoki xizmatlar haqida ijtimoiy fikrni shakllanti-
          rish, marketing budjeti va h.k.).
            6. Ishlab chiqarish rejasi (yangi tovarlar ishlab chiqarishni bozorga,
          taʼminotchilarga,  ishchi  kuchiga,  transport  yo‘llari  va  h.k.larga

          nisbatan  joylashuvi,  ishlab  chiqarish  maydonlari,  quvvatlari  va
          ularni kengaytirish imkoniyatlari, moddiy-texnik, insoniy va boshqa
          resurslar  manbalari  va  ularga  ehtiyoj,  ulardan  foydalanish  imkoni,
          ishlab  chiqarishni  kooperatsiyalash  imkoniyatlari,  ishlab  chiqarish
          hajmlari va xarajatlari, qo‘llanilayotgan texnologiyalar, ishlab
          chiqarishni yo‘lga qo‘yish va tovarni ishlab chiqarishni kengaytirish
          muddatlari, ishlab chiqarishning ekologikligi va h.k.).
            7.  Tashkiliy  reja  (tashkiliy  tuzilma,  xodimlarga, mutaxassislarga
          bo‘lgan ehtiyoj, ularni mehnatga jalb qilish shakllari, kasblar bo‘yicha

          ish haqining zaruriy darajasi, mehnatni rag‘batlantirish tizimi,
          xodimlarni kasbiy tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash
          tizimi, loyihani amalga oshirishga boshchilik qilayotgan maʼmuriy-
          boshqaruv xodimlar haqidagi maʼlumotlar va h.k.).

                                               443
   439   440   441   442   443   444   445   446   447   448   449