Page 449 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 449

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
                – innovatsiyalarga sarf-xarajatlarni kamaytirish;
                – jahon ilmiy-texnik taraqqiyotidan texnikani rivojlantirishning
             sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha oqsoqlash surʼatlarining o‘sishi;
                –  mavjud  moddiy-texnik,  ishlab  chiqarish-iqtisodiy  va  ijtimoiy-
             tashkiliy tuzilmalar ishida moslashuvchanlikning yo‘qligi;

                – innovatsion jarayonlarning haddan tashqari ko‘p vaqtni olishi
             (ayniqsa, innovatsiyalar hayotiy siklining oxirgi bosqichida);
                –  innovatsiyalar  tarqalishining  cheklanganligi  (ularning  bitta-
             ikkita firmalarda joriy etilishi);
                – radikal innovatsiyalar tutgan o‘rnining nihoyatda pastligi;
                – innovatsiyalardan manfaatdorlikning yo‘qligi;
                – so‘nggi 10-15 yilda ishlab chiqarishni texnik qayta qurollantirish
             va  modernizatsiya  qilish  dasturlari  bo‘yicha  investitsiyalarning
             deyarli butunlay to‘xtatilishi.

                Innovatsiyalarni joriy etish doim bozor ehtiyojlariga bog‘liq. Shu
             sababli innovator-rahbar bozorning kerakli ulushini qanday turdagi
             yangi mahsulotlar, ishlar va xizmatlar taʼminlashi kerakligini, qisqa
             muddatli va uzoq muddatli dasturlarning balanslashuvini taʼminlash
             uchun qanday mahsulotlar modernizatsiya qilinishi kerakligini doim
             aniqlab borishi kerak, yaʼni u muayyan sharoitlarda o‘zining bozor-
             dagi  ulushining  maqbul  variantiga,  foydalaniladigan  innovatsion

             salohiyatdan qaytishni oshirishga erishish yo‘llarini aniqlashi lozim.
                Yangilanish  jarayoni  innovatsion  menejer  uchun  ilmiy-ishlab
             chiqarish  xodimlarining  kundalik  ishlarini  o‘zgartirish  va  ularni
             innovatsion faoliyatning yangi shakllarini izlashga yo‘naltirish, har
             bir xodimni yangiliklar manbaiga aylantirishni bildiradi. U ko‘p sonli
             innovatsion jarayon ishtirokchilarini birlashtirishi, ularning samarali
             ishi uchun firma faoliyatini yangilashga yo‘naltirilgan iqtisodiy shart-
             sharoitlar va rag‘batlarni yaratishi darkor.
                Yuqorida keltirib o‘tilganlardan xulosa qilib aytishimiz mumkinki,

             innovatsion loyiha – bu innovatsiyalarni tijoratlashtirishdan keladigan
             foyda to‘g‘risida matematik hisob-kitoblar asosida rasmiylashtirilgan
             shartnomadir Innovatsion loyihaning samaradorligini baholash, o‘z
             navbatida loyihaning kutilayotgan bozor qiymatiga erishish uchun

                                                  448
   444   445   446   447   448   449   450   451   452   453   454