Page 452 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 452
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
Boshqa tomondan esa, venchur kapitalga ega bo‘lgan investorni
loyiha haqidagi barcha maʼlumotlar, xususan, salbiy tavakkalchilik
(xavf-xatar) va tahdidlar qiziqtiradi.
Ikkala muqobil qarashlarning to‘qnashuvi natijasida, bugungi
kunda innovatsion loyihani baholashning sifatiga qo‘yiluvchi
talablar juda ham ortib ketdi. Innovatsion loyihaning qiymati va
samaradorligini hisoblash uslubiyati loyihani o‘zlashtirish bosqichiga
ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Bunda loyiha o‘zlashtirish bosqichida yoki
tugallash bosqichida ekanligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Birinchi holda, investitsion loyiha samaradorligini baholashning
ilmiy-tadqiqot ishlari allaqachon o‘z nihoyasiga yetkazilgan va
loyi haning texnik o‘lchamlari bo‘yicha noaniqlik olib tashlangan
stan dart usullaridan foydalanishimiz mumkin. Ikkinchi holatda,
samaradorlik va qiymatni baholash innovatsion tavakkalchilik (xavf-
xatar) omilining mavjudligi sababli bir muncha murakkablashadi.
Ushbu tavakkalchilikning (xavfning) mohiyati shundaki, iqtisodiyot
fani hali innovatsion loyihaning joriy kapital qo‘yilmalari qanday
qilib kelajakdagi qiymatni yaratishni rag‘batlantirishini tushuntirib
bera olmagan. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, bugungi kunda bozor
qiymatining 65 foizining mohiyati to‘liq ochib berilmagan. Har qanday
innovatsion yechimlarning qabul qilinishi natijaga erishish borasida
maʼlum bir noaniqliklar, yaʼni tavakkalchilik bilan bog‘liq hisoblanadi.
Ushbu o‘rinda tavakkalchilik (xavf-xatar) - bu kutilayotgan va haqiqiy
natija o‘rtasidagi farq ekanligini taʼkidlab o‘tish lozim.
Innovatsion yechimlar qabul qilishga turli-tuman tavakkalchiliklar,
jumladan tizimli va tizimsiz tavakkalchiliklar taʼsir ko‘rsatadi.
Shunday qilib, investitsion loyihalashtirishda tavakkalchilik
omillarini hisobga olish tavakkalchilik darajasini baholash va
mazkur tavakkalchiliklar darajasini pasaytirish borasida muayyan
chora-tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat bo‘lgani holda, ularni
hisobga olis hda tavakkalchiliklarni boshqarishning klassik usul va
vositalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Biroq, innovatsion
yechim va qaror larning o‘ziga xosligi bois, ularga o‘ziga xos bo‘lgan
tizimli bo‘lmagan innovatsion tavakkalchiliklar mansubdir.
451