Page 455 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 455

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             tavakkalchilik  hodisalari  hamda  ularning  taʼsirida  ko‘rilgan
             zararlarning darajasi o‘rganib chiqiladi.
                Ekspert usulida ish tajribasi yuqori va mazkur sohada ekspert hi-
             soblangan  yuqori  malakali  mutaxassislarning  fikrlari,  aniq  hisob-
             kitoblari va tavsiyalari eʼtiborga olinadi.

                Analitik usulda iqtisodiy-matematik usullar, vaziyatli ish o‘yinlari
             va ehtimollar nazariyasidagi modellar yordamida tavakkalchilikning
             darajasiga baho beriladi.
                Kombinatsiyalashtirilgan usul yuqorida keltirilgan barcha usullarni
             yoki ulardan bir nechtasini qo‘llash orqali amalga oshiriladi.
                Tadbirkorlik  tavakkalchiligini  hal  qilish  jarayonida  tadbirkor
             oldida  mavjud  usullardan  birini,  yaʼni  talabga  javob  beradiganini
             tanlash masalasi ko‘ndalang turadi. Buning uchun tadbirkor barcha
             holatlarni  tahlil  qilib  chiqishi  kerak.  Tadbirkorlik  tavakkalchiligini

             baholash va hisoblarning aniqligi mutaxassislarning malakasiga va
             ular hal qilayotgan holatga bog‘liq.
                O‘z faoliyati uchun maʼqul bo‘lgan tavakkalchilik darajasi, qoida
             bo‘yicha, aktivlar va xususiy kapitalning qiymati, pul oqimlari ning
             miqdori,  to‘lovga  qobillik  darajasi,  sof  foyda  va  rentabellik  kabi
             ko‘rsatkichlar bilan aniqlanadi.
                Tavakkalchilikning  yo‘l  qo‘yilishi  mumkin  bo‘lgan,  jiddiy  zarar

             tug‘diradigan va o‘ta xavfli darajalari mavjud bo‘ladi. Yo‘l qo‘yilishi
             mumkin  bo‘lgan  tavakkalchilik  darajasida  ko‘rilgan  zararlar ning
             miqdori  subyektning  haqiqatda  erishgan  sof  foydasi  miqdoridan
             oshib ketmagani maʼqul.
                Zararning miqdori ≤ Sof foyda (1)
                Jiddiy  zarar  tug‘diradigan  tavakkalchilik  darajasida  ko‘rilgan
             zararlarning miqdori subyektning sof foydasidan yuqori, ammo joriy
             likvidlikni taʼminlaydigan aktivlarining qiymatidan oshib ketmasligi
             lozim.

                Sof foyda < Zararning miqdori ≤Joriy likvidli aktivlar (2)
                O‘ta xavfli tavakkalchilik darajasida ko‘rilgan zararlar subyektning
                joriy  likvidligini  taʼminlaydigan  aktivlarining  qiymatidan  oshib,
             xususiy kapitaliga tenglashishi ham mumkin. O‘ta xavfli tavakkalchilik

                                                  454
   450   451   452   453   454   455   456   457   458   459   460