Page 466 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 466

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
          tashlanadi. Olingan farq, natija sof joriy qiymat hisoblanadi. Diskont
          stavkasi  investorning  o‘zi  uchun  undan  pasti  (kichigi)  samarasiz
          deb hisoblagan minimal foyda meʼyori bo‘lishi kerak. Bu ko‘rsatkich
          investitsiyalar hayotiyligi davrida, haqiqatan ham, daromadlilikni hi-
          soblashdagi qo‘llanilgan darajaga yetishishligini ko‘rsatib beradi. Shu

          sababli u vaqt va daromadlilik darajasiga bog‘liq bo‘ladi. U muqobil
          loyihalarni taqqoslashda katta rol o‘ynaydi. Investitsiya loyihalarini
          sof joriy qiymat usuli asosida baholashdan olingan natija, yaʼni sof
          joriy qiymat ijobiy miqdorga ega bo‘lsa (NPV>0), u holda investitsiya
          loyihasi  samarali;  NPV<  0  bo‘lsa,  investitsiya  loyihasi  samarasiz,
          undan voz kechish kerak; NPV=0 bo‘lgan holatda, investitsiya loyi-
          hasi foyda ham, zarar ham keltirmaydi. Birinchi holatda investitsiya
          loyihasini amalga oshirish mumkin. Bunda birinchi holatda investor
          kapitalining  o‘sishi  taʼminlanishini  ko‘rsatsa,  ikkinchi  holatda

          investitsiya  loyihasini amalga  oshirishni rad etishga to‘g‘ri keladi.
          Sababi bunday holat loyihadan kutiladigan daromad, natijani
          olish  imkonini  bermaydi.  Uchinchi  holatda  investor  kapitalining
          ko‘paymasligini ham, kamaymasligini ham bildiradi.
            Daromadlilikning  ichki  meʼyori  usuli  (IRR)  – bu pul
          tushumlarining  diskont  qiymati  pul  chiqimlarining  diskont
          stavkasiga  teng  bo‘lgandagi  daromadlilik  darajasi.  Boshqacha  so‘z

          bilan aytganda, loyihadan olingan sof tushumlarning diskontlangan
          qiymati investitsiyalarning diskontlangan qiymatiga, sof joriy qiymat
          esa  nolga  teng  bo‘lgandagi  diskont  meʼyoridir.  Bu  ko‘rsatkichni
          aniqlash uchun sof joriy qiymatni aniqlashda ishlatilgan formuladan
          foydalaniladi va sof joriy qiymat nolga tenglashadigan minimal foiz
          stavkasi  topiladi.  Aynan  shu  foiz  stavkasi  foydaning  ichki  meʼyori
          usuli deb nomlanadi. Bu usul iqtisodiy adabiyotlarda rentabellikning
          ichki  meʼyori,  qoplash  yoki  samaradorlik  koeffitsiyenti,  kapital
          qo‘yilmalarning  chegaraviy  samaradorligi  deb  ham  yuritiladi.

          Daromadlilikning ichki meʼyori usuli sof joriy qiymat usuli kabi pul
          mablag‘larini diskontlash tamoyilidan foydalanishga asoslangan. U
          loyihadan kutiladigan daromadlarning sof joriy qiymati uni amalga
          oshirish uchun zarur bo‘lgan investitsiyalarning joriy qiymatiga teng

                                               465
   461   462   463   464   465   466   467   468   469   470   471