Page 468 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 468

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
            • agar IRR < HR – loyiha zararli bo‘lib, uni amalga oshirib bo‘l-
          maydi;
            • agar IRR = HR – ixtiyoriy yechimni qabul qilish mumkin, yaʼni
          loyihani amalga oshirishdan zarar ham, foyda ham ko‘rilmaydi.
            Har bir investitsiya loyihasini amalga oshirishdan eng asosiy

          maq sad foyda olishdir. Umuman, jamiyatda bo‘lib o‘tadigan barcha
          moliyaviy-iqtisodiy  munosabatlar  asosini  foyda  tashkil  etadi.  Shu
          sababli, ko‘p hollarda moliyaviy-iqtisodiy munosabatlar foydaliligini
          bi lish  maqsadida  rentabellik  ko‘rsatgichlaridan  foydalaniladi.
          Umumiy  holda,  bu  ko‘rsatgich  xo‘jalik  faoliyatidan  olingan  yoki
          kelib tushgan tushumni mahsulot tannarxiga bo‘lish orqali hisoblab
          topiladi. Investitsiya rentabelligini baholash usuli ham mantiqan
          xuddi shunday aniqlanadi. Ammo undan farqi shuki, bunda maʼlum
          foiz ostida diskontlangan pul tushumlari diskontlangan investitsiya

          xarajatla riga  bo‘linadi.  Odatda,  xarajatlar,  ko‘pincha,  boshlang‘ich
          investit siya xa rajatlaridan tashkil topadi.
            Investitsiyalarning rentabelligi usuli (PI) – diskontlashtirilgan
          daromadlarning        diskontlashtirilgan      investitsiya     xarajatlariga
          nisbatini hisoblab topishga asoslangan. Investitsiya loyihalarining
          samaradorligini  aniqlashning  qoplash  muddati  usulini  (anʼanaviy
          baholash  usulini)  yuqorida  izohlab  o‘tgan  edik.  Lekin  mazkur

          usulning kelgusi davrlardagi pul tushumlarining qiymatini hisobga
          olmasligi uni diskontlashtirilgan usullar yordamida ham hisoblash
          zarurligini taqozo qiladi. Buning uchun diskontlashtirishni hisobga
          olgan  holda  investitsiyalarni  qoplash  muddatini  (DPP)  hisoblash
          usulida diskontlashgan yillik pul tushumlarining diskontlashgan
          investitsiyalarga nisbatini topish orqali amalga oshiriladi.
            Yuqorida  taʼkidlab  o‘tilganidek,  innovatsion  loyihaning  har
          bir  bosqichida  loyiha  samaradorligining  asosiy  ko‘rsatkichlarini
          hisoblash  uchun,  birinchi  navbatda,  pul  oqimlarining  diskontlash

          stavkasini aniqlash kerak, chunki u innovatsion loyiha xatarlarini va
          investorning  talab  qilinadigan  daromadlilik  meʼyorini  aks  ettiradi.
          Hech qanday xavf-xatar unsuri mavjud bo‘lmasa, diskontlash stavkasi
          pulni  jalb  qilish  uchun  xarajatlar  sifatida  baholanadi.  Sarmoyaga

                                               467
   463   464   465   466   467   468   469   470   471   472   473