Page 470 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 470

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
            D,  E–ayni vaqtdagi kompaniyaning aksionerlik kapitali va qarz
          maj buriyatlariga mos ravishdagi mavjud bozor qiymati;
             V = (D + E)-firmaning umumiy bozor qiymati.
            Firmaning umumiy bozor qiymati kompaniyaning to‘liq
          kapitallashuviga teng qiymatni o‘zida aks ettiradi. Kompaniyaning

          to‘liq kapitallashuvi – bu uning bozor kapitallashuvi (aksiyalarning
          bozor  narxining  muomaladagi  aksiyalar  soniga  ko‘paytmasi)  va
          umumiy qarzining yig‘indisi hisoblanadi. WACCni hisoblashda faqat
          uzoq muddatli qarzlar inobatga olinadi. Kredit liniyalari bo‘yicha
          qisqa muddatli qarzlar va boshqalar aylanma kapitali sifatida qabul
          qilinadi. Foizsiz qarz majburiyatlari (masalan, kreditorlik qarzdorlik)
          ham  WACCni  hisob-kitob  qilishda  eʼtiborga  olinmaydi.  Istiqbolli
          reja va dasturlarning aniqligini oshirish va ularni haqqoniyligini
          taʼminlash  uchun  amaliyotda  kapital  tuzilmasining  o‘zgarishini

          inobatga  olgan  holda,  har  bir  davr  oralig‘i  (chorak)  uchun  WACC
          qiymatini  aniqlash  tavsiya  etiladi,  ammo  ko‘pchilik  vaziyatlarda
          bashorat qilinayotgan butun bir davr uchun WACCning bitta qiy-
          matidan  foydalaniladi.  Bundan  tashqari,  qiymatni  aniqlashda
          tahlilchilar  kapitalning  joriy  tuzilmasini  emas,  balki  kapitalning
          meʼyoriy (maqsadli) tuzilmasiga qarab ish ko‘rishni afzal ko‘radilar,
          chunki  maʼlum  bir  aniq  vaqtdagi  kapital  tarkibi  kompaniyaning

          butun hayoti davomida kutilayotgan natijaga hamisha ham to‘g‘ri
          kelavermaydi.
            Tashqi manbalardan kapitalni jalb qilish xarajatlarini baholash
          (qarzdorlik bo‘yicha joriy foiz stavkasi) quyidagi:
            • qatʼiy yoki o‘zgaruvchan foiz stavkasiga ega bo‘lgan investitsion
          sinfga mansub bo‘lgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarzlar;
            • investitsion sinf darajasidan past bo‘lgan qarzlar (“tashlandiq”
          obligatsiyalar);
            •  subsidiyalangan  qarzlar  (masalan,  daromad  keltiruvchi  sanoat

          obligatsiyalari);
            • chet el valyutasidagi qarzlar;
            • lizing (moliyaviy va operatsion);
            • to‘g‘ridan-to‘g‘ri imtiyozli aksiyalar kabi moliyalashtirish

                                               469
   465   466   467   468   469   470   471   472   473   474   475