Page 481 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 481
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
• Korxonaning moliyaviy holatini tashxislash borasida texnika va
texnologiyalarning tadrijiy rivojlanishi.
• tavakkalchiliklarni baholash va ularni boshqarish usullari
nazariyasi va amaliyotini shakllantirish va rivojlantirish.
Birinchi yo‘nalishdagi konsepsiyada pul oqimlari konsepsiyasi
markaziy o‘rinni egallagani holda, keyingi konsepsiyalarning rivoj-
lanishida boshlang‘ich manba bo‘lib hisoblanadi. Jahon amaliyo ti da
pul oqimlari konsepsiyasi bo‘lg‘usi iqtisodiy daromadlarni baholash-
da keng qo‘llaniladi. Mazkur jarayon birinchi marotaba J.B. Uilyams
tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, diskontlangan pul oqimlari tah-
li li deb ataladi. Pul oqimlari konsepsiyasini birinchilardan bo‘lib,
M. J. Gordon amaliyotda qo‘llagan.
Ikkinchi yo‘nalish, moliyaviy qarorlar qabul qilish uchun
asos sifatida koeffitsiyent tahlilini takomillashtirish asnosida
ishlab chiqilgan. Loyihaning moliyaviy ko‘rsatkichlarini tahlil
qilishning ko‘pchi-lik usullari quyidagi: likvidlik ko‘rsatkichlari
(moliyaviy barqarorlik, to‘lov qobillik), ish faolligi (tavakkalchilik)
ko‘rsatkichlari, rentabellik (daromadlilik) ko‘rsatkichlarini
o‘rganishni ko‘zda tutadi. Ikkinchi yo‘nalish doirasida firmaning
bozor qiymati konsepsiyasi muhim o‘rin tutadi. Mazkur konsepsiya
rivojlanishining dastlabki bosqichida bozor qiymati deyilganda
oddiy va imtiyozli aksiyalar va shuningdek, qarz majburiyatlarining
umumiy qiymati tushunilar edi. M. Miller va F. Modilyanilar
ushbu konsepsiyani asos sifatida qabul qilganlari holda, asosiy
aktivlarni baholashning klassik modelini ishlab chiqdilar. Korxona
samaradorligini reyting asosida tahlil qilish konsepsiyalari orasida
1978-yilda Boston konsalting guruhi tomonidan ishlab chiqilgan
CAMEL modeli muhim o‘rin tutadi.
Korxonaning moliyaviy holatini baholash va shuningdek, korxo-
naning nochor holatga tushib qolishiga sabab bo‘luvchi omillarni
oldindan izlab topish ikkinchi yo‘nalish doirasida amalga oshiriluvchi
tahlillarning markaziy o‘rnida turadi. Mazkur yo‘nalish doirasida
korxona bankrotligini tashxislash uslubiyoti ishlab chiqilgan bo‘lib,
bunday modellarga quyidagilar kiritiladi: Oltmen modeli, Chesser
480