Page 485 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 485
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
amalda erishgan natijalarini yoki faoliyat natijalarining istiqboldagi
ko‘rsatkichlarini aks ettiradi;
• Amalda tuzilgan bitimning narxi bozordagi vaziyatni to‘liq hisobga
oladi va talab va taklif o‘rtasidagi nisbatni haqqoniy aks et tiradi.
Ushbu ikkita xususiyat amalda innovatsion loyihalarni baholashni
qiyinlashtiradi. Innovatsiyalar, odatda, bozorda o‘zining o‘xshashiga
ega bo‘lmaganligi bois, ularni taqqoslashning iloji yo‘q. Biroq, bu
o‘rinda ikkita holatga eʼtibor berishimiz lozim. Birinchidan, agar
innovatsion loyihani amalga oshirishning so‘nggi bosqichlari haqida
gap borsa, u holda qiyosiy yondashuvdan foydalanishimiz mumkin,
zero ushbu bosqichga kelib, bozorda raqobatchilar paydo bo‘ladi va
bozor o‘z shakllanishining yetuklik pallasiga o‘ta boshlaydi.
Ikkinchidan, qiyosiy yondashuvdan ayrim sohalarda loyihani
ishlab chiqishning dastlabki bosqichlarida ham foydalanishimiz
mumkin. Misol uchun, farmatsevtika sanoatida innovatsiya juda
keng quloch yozganligi bois, mazkur sohada innovatsiyalarning
amalga oshishi uchun zarur bo‘lgan investitsiyalarning qachon va
qaysi muddat oralig‘ida qoplanishini ko‘rsatib beruvchi muayyan
bir o‘r tacha qiymat shakllanib ulgurgan. Bu o‘rinda qiyosiy
yondashuvdan tarmoq ko‘rsatkichlariga nisbatan mo‘ljal olish
maqsadida foydalaniladi.
Opsionli yondashuvning klassik modellari orasidan biz faqat
1973-yilda F. Blek va M. Shoulzlar tomonidan ishlab chiqilgan Blek-
Shoulz opsioni modelini ajratib ko‘rsatishimiz mumkin.
Opsion (nemischa option so‘zidan) – bu bitimda ishtirok etayotgan
tomonlarning biriga qimmatli qog‘ozlar maʼlum bir miqdorini
muayyan vaqt mobaynida belgilangan narxda sotib olish yoki
kontragentga sotish huquqini. beruvchi shartnomadir. Kontragent
esa, mukofot evaziga ushbu huquqni. amalga oshirish majburiyatini
o‘z zimmasiga oladi.
Opsionning o‘ziga xos xususiyati shundaki, uning egasi qimmatli
qog‘ozning o‘zini xarid qilmaydi, balki uni sotib olish yoki sotish
huquqiga ega bo‘ladi. Bunda u o‘zining xarid qilish yoki sotish
huquqidan foydalanishi yo bo‘lmasa, undan voz kechishi mumkin.
484