Page 490 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 490
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
yetkazib ishlab chiqish, tijoratlash tirish va barqaror foydaga ega
bo‘lish uchun ko‘pincha bir necha o‘n yillar talab etiladi.
Bozorga yangi mahsulot bilan kirib boruvchi kompaniya uchun
“bozorga kirish” atamasini qo‘llash ham noo‘rin hisoblanadi.
Kompaniya aslida bozorga kirib bormaydi, balki bozorni shakllantiradi.
Bunday vaziyatda bozorning hajmi, undagi talab, taklif to‘g‘risida
maʼlumotlar mavjud bo‘lmaydi va umuman bozorning shakllanishi
haqida ham gapirish baʼzi holatlarda mushkul bo‘lib qoladi.
Ushbu muammoni “aylanib o‘tish” variantlaridan biri loyihani
baholashda senariyli yondashuv hisoblanadi. Yaʼni uchta “optimistik”,
“pessimistik” va “oddiy” ssenariy ishlab chiqiladi, ularga maʼlum
bir ehtimollik darajasi berilib, tahlilchi ishonchlilik darajasi yuqori
bo‘lgan “o‘rtacha” qiymatga ega bo‘ladi. Biroq, ushbu nazariyaga
binoan, yuqorida tilga olib o‘tilgan hodisalarning yuz berishi ham
shartli bo‘lgani holda, mazkur bu uch voqeaning ehtimollik darajasi
nimaga asoslanishi kerakligi ham aniq belgilab berilmagan.
Odatda, innovatsion loyihalar uchun qiyosiy yondashuvni qo‘llash
bir muncha nochor hisoblanadi, chunki agar shunday mahsulot
bozorda mavjud bo‘lsa, innovatsiyalar o‘zining raqobat ustunligini
asta-sekinlik bilan yo‘qotib boradi. Avvalgi davrlarning maʼlumotlariga
asoslangan yondashuvdan foydalanib, kompaniyaning kelajakdagi
rivojlanish istiqbollarini baholab bo‘lmaydi. Hatto yaqinda tashkil
topgan va o‘xshash innovatsiyalarni rivojlantirayotgan kompaniyalar
mavjud bo‘lsa ham, ularning qiymati to‘g‘risida ishonchli maʼlumot-
larni topish qiyin kechadi. Bundan tashqari, odatda obyektiv
baholash maqsadida mazkur innovatsion kompaniyaga o‘xshash
bo‘lgan bir nechta o‘xshash firmalarni topish ham ancha mushkul
vazifa hisoblanadi. Texnologiyalarning rivojlanish surʼatlarini aks
ettiruvchi multiplikatorlardan foydalanish ham ko‘zlangan natijaga
erishish imkonini bermaydi.
Masalan, narxning ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishla-
ri ga xarajatlarni hisobga olgunga qadar foydaga nisbatini ifoda etuv-
ch i multiplikator PG‘E multiplikatorining oddiy ko‘rinishi hisob la na di.
Mazkur multiplikator kompaniyalarni qiyoslash jarayoni da da romadi
489