Page 491 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 491
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
past bo‘lgan yuqori texnologiyali kompaniyalarni va ITTKIga katta
xarajatlarni amalga oshiruvchi kompaniyalarni nazardan chet da
qoldirmaslik maqsadida ishlab chiqilgan. Xususan, ITTKI xarajatlari-
ni kapitalizatsiya qilish mumkin emas, chunki ular to‘g‘ridan-
to‘g‘ri kompaniyaning joriy davrdagi foydasidan chegirib qolinadi.
Darhaqiqat, bu multiplikator yosh kompaniyalarning innovatsion
loyihalarini baholashga yordam bermaydi, chunki hech bo‘lmaganda,
mazkur multiplikatorni qo‘llash uchun kompaniyada oz bo‘lsada
daromad bo‘lishi shart. Biroq biz uni qo‘llagan taqdirimizda ham,
kompaniya ITTKIga qancha ko‘p xarajat qilsa, uning foydasi shuncha
ko‘p bo‘ladi degan qoidaga amal qilishimiz talab etiladi.
Opsionli yondashuv uchun ko‘p kamchiliklar xos bo‘lmasa-da,
mazkur yondashuv ham ideal hisoblanmaydi. Blek-Shoulz modeli ning
asosiy kamchiligi shundan iboratki, u vaqtni uzluksiz hisobga olishga
asoslangan bo‘lib, u moliyaviy opsion qo‘llanilgan sharoitdagina qo‘l
keladi, chunki moliyaviy opsionni standart bozorda har qanday vaqt
mobaynida sotish yoki sotib olish mumkin. Biroq, real opsionlarda
kompaniya yoki individ o‘z investitsion imkoniyatlarini istalgan
paytda sotishi mumkin emas. Ushbu nuqtai nazardan, bir muncha
aniq natijalarni beruvchi va loyihaning butun mazmun-mohiyatini aks
ettiruvchi binominal model bizning qarashlarimizga to‘la mos keladi.
Ikkinchidan, Blek-Shoulz modeli aktiv qiymatining bir tekis
dina mikada rivojlanishini ko‘zda tutgan holda, innovatsion loyiha
rivoj lanishining notekis dinamikaga ega bo‘lishini inkor etadi,
zero innovatsion loyiha ko‘tarilish va pasayish bosqichlarini bosib
o‘tadi. Doi miy hisoblanuvchi dispersiya va qiymatning o‘sish
surʼatlari bilan aniqlanuvchi opsionning qiymati Blek-Shoulz
modelining asosini tashkil etadi. O‘z-o‘zidan ayonki, innovatsion
kompaniya uchun bunday asos haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, chunki
innovatsion loyiha yara lishdan tortib, to tijoratlashishgacha bo‘lgan
bir necha bosqichlarni bosib o‘tadi. Dispersiya ko‘rsatkichi ham
doimiy hisoblanmaydi, chunki innovatsion loyihaning bir qator
tavakkalchiliklari u tijoratlashtirish tomon yaqinlashib borgani sari
shunchalik pasayib bora veradi.
490