Page 494 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 494
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
ning huquqiy, tashkiliy va texnologik jihatlari bugungi hayotiy
talablarga javob beradimi?
• Loyihani yetarlicha moliyalashtirish imkoniyatlari qanday, loyi-
hani amalga oshirish moliyaviy xatarlardan himoyalanganmi?
• Ushbu loyiha samaralimi, uni amalga oshirishdan olingan foyda
yetarlicha jozibadormi?
• Loyiha bilan bog‘liq xatarlarni qabul qilish imkoniyatlari qanday?
Tahlilning boshqa sohalariga tegishli vazifalariga to‘xtalmagan
holda, investitsiya loyihasini amalga oshirish investor uchun yetarlicha
foydali yoki yo‘qligini tahlil qilishda qo‘llaniluvchi yondashuvni
ko‘rib chiqamiz. Odatda, loyihani bu tarzda baholashda loyihaning
diskontlangan pul oqimlari tahlilidan foydalaniladi va uning asosida
standart ko‘rsatkichlar guruhi hisob-kitob qilinadi. Investitsion loyi-
halarni baholashning standart ko‘rsatkichlaridan foydalanish baʼzida
kutilgan natijalarni bermaydi, shunday holatlarda biznesni baholash
ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi.
Investitsion xarajatlarning samaradorligini baholashda anʼanaviy
tarzda quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi:
• qoplashning diskontlangan muddati (Pay-Back Period, PBP);
• sof joriy qiymat (Net Present Value, NPV);
• rentabellikning ichki meʼyori (Internal Rate of Return, IRR).
Aynan shu ko‘rsatkichlar to‘plami investitsion loyiha biznes-
rejasining xulosa qismida keltirib o‘tiladi va manfaatdor tomonlar
tomonidan investitsiya g‘oyasining tijorat jozibadorligini baholashda
foydalaniladi. Samaradorlik ko‘rsatkichlarini hisoblashda sotishdan
tushum, joriy va investitsiya xarajatlari, aylanma mablag‘larga
bo‘lgan talabning oshishi va soliq to‘lovlarini o‘z ichiga olgan va sof
pul oqimlari (Net Cash-Flow, NCF) deb ataluvchi ko‘rsatkichdan asos
sifatida foydalaniladi.
Loyihaning samaradorligini baholashda har doim diskontlangan
pul oqimlaridan foydalaniladi, bunda har bir yilning sof pul oqimlari
formulaga muvofiq diskont stavkasi miqdoriga kamayadi:
NCFdqNCFG’(1Qd) i
Bu yerda: i — loyihani amalga oshirish yillari soni, d — diskontlash
493