Page 498 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 498

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
                              Innovatsion kompaniyaning tavsifi


                              Mezonlar                                 Tavsifi
          Yaratishdan maqsad faoliyat yo‘nalishi
          Taklif etilayotgan mahsulotlar va xizmatlar
          Isteʼmolchilar guruhlari
          Huquqiy shakli
          Mahsulot tarqatish kanallari
          Qadriyatlar va hokazo.


            2- topshiriq.
            Misollarni o‘qing. Kompaniyalar qaysi strategiyaga rioya qilishla-
          rini aniqlang: tajovuzkor, mudofaa, yutib yuborish, oraliq, kooperativ,
          bozorni yaratish, mutaxassislarni jalb qilish, kompaniyalarni sotib
          olish.
            1. Kompaniya raqobatchilardan marketing yoki ITTKI bo‘limlari-
          ning yetakchi mutaxassislarini yo‘ldan uradi va o‘ziga og‘dirib oladi.
            2.  Kompaniya  endigina  bozorda  faoliyat  yuritib  kelmoqda  va
          yirik  raqobatchilar  bilan  qarama-qarshilikka  bormaslik  maqsadida

          egallanmagan bozorni topdi.
            3. Kompaniya doimiy ravishda yangi uskunalar namunalarini, shu
          bilan birga ham tubdan yangi, ham ko‘rsatkichlari sezilarli darajada
          yaxshilangan namunalarni ham ishlab chiqaradi. Kompaniya kuchli
          ITTKI bo‘limiga ega.
            4.  Kichik  kompaniya  past  ishlab  chiqarish  xarajatlari  hisobiga
          foyda meʼyorini taʼminlaydi. Uning ilmiy-tadqiqot ishlari ko‘pincha

          tashqaridan olingan xususiy texnik yechimlardan foydalanish orqali
          alohida ko‘rsatkichlarni yaxshilashga qaratilgan. Kompaniya marke-
          ting tadqiqotlariga katta eʼtibor beradi.
            5. Kompaniya yangi bozorni yaratadigan tubdan yangi mahsulotlar
          ishlab chiqaradi.
            6. Yangi mahsulotni ishlab chiqish uchun ikki kompaniya ITTKI va
          marketing sohasida vaqtincha kuchlarini birlashtirdilar.
            7. Kompaniya bir qator mahsulot litsenziyalariga ega bo‘ldi.
            8. Kompaniya konsernda avval o‘z nomi bilan, keyin esa ularni


                                               497
   493   494   495   496   497   498   499   500   501   502   503