Page 501 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 501
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
Aniqlang:
- investitsiyalarning diskontlangan hajmi; joriy xarajatlarning
diskontlangan summasi; sotishning diskontlangan hajmi;
- sof diskontlangan daromad; daromadlilik indeksi.
Loyihaga investitsiyalarning diskontlangan hajmini aniqlashda
shuni yodda tutish kerakki, loyihadan oldingi xarajatlar (ilmiy-
tadqiqot ishlari xarajatlari) diskontlanmaydi va bir martalik
investitsiyalar hisoblanadi.
Кейс. Gay Kavasakidan investor uchun
muhim bo‘lgan 10 ta savol
“Gay Kavasakining fikricha, loyihani venchur investorga taqdim
etishda hal qilinishi kerak bo‘lgan quyidagi 10 ta savolga eʼtibor
qaratish lozim:
1. Muammo.
2. Yechim.
3. Biznes modeli, yaʼni siz nima uchun pul olasiz.
4. Maqsadga erishishni taʼminlaydigan texnologiya.
5. Marketing (albatta 4P ni tavsiflash lozim) va sotish.
6. Raqobat.
7. Loyiha jamoasi.
8. Loyihaning rejalari va bosqichlari.
9. Loyihaning hozirgi holati.
10. Xulosa va harakatga chorlash”.
Savollar
1. Mahsulotlari va xizmatlari mahalliy va xorijiy bozorlarda namoyish
etiladigan start-uplar bo‘yicha tadqiqotlar olib boring.
2. Eng istiqbolli start-uplardan birini tanlang (siz o‘zingiznikini taklif
qilishingiz mumkin).
3. Potensial investorlar uchun tanlangan start-upni moliyalashtirishga
qaratilgan taqdimot tayyorlang.
Taqdimotni tayyorlashda Gay Kavasaki yondashuvidan foydalaning.
500