Page 506 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 506
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda mazkur mavzu doirasida biznes
innovatsion ri vojlantirish borasida bugungi kunda sodir bo‘layotgan
o‘zgarishlar haqida so‘z yuritiladi.
IT Parkda Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi tashkil etiladi
Raqamli texnologiyalar sohasida tartibga solish qumdoni tashkil
etilib, maxsus huquqiy rejim joriy qilinadi.
2024-yil 1-fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli
texnologiyalar xalqaro markazini tashkil etish bo‘yicha birinchi
navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-25-sonli Farmoni qabul
qilindi.
Unga ko‘ra, markaz (International Digital Technology Center –
“Enterprise Uzbekistan”) “IT Park” hududida faoliyat yuritadi hamda
raqamli texnologiyalar sohasida mahsulotlar ishlab chiqarish va xiz-
matlar ko‘rsatish uchun qulay sharoitlarga ega bo‘ladi.
Markazda raqamli texnologiyalar sohasida innovatsiyalar, xizmatlar
va biznes mahsulotlarini ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish bo‘yicha
“tartibga solish qumdoni” yo‘lga qo‘yiladi.
2024-yilning 1-iyunidan 5 yilgacha bo‘lgan muddatga “Enterprise
Uzbekistan”da eksperiment tarzida xorijiy kompaniyalar uchun qo‘lla-
niladigan maxsus huquqiy rejim joriy qilinadi.
Maxsus huquqiy rejim doirasida quyidagilar amalga oshiriladi:
bojxona va soliqqa tortish;
mehnat munosabatlari;
moliya va bank faoliyati;
shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish va ularni himoya qilish;
davlat xizmatlarini ko‘rsatish;
intellektual mulkni himoya qilish;
tijorat va fuqarolik nizolarini ko‘rib chiqish belgilandi.
Raqamli texnologiyalar vazirligi maxsus huquqiy rejimni joriy etish
bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi.
2023-yilning dekabr oyida Prezident “IT Park” hududida Angliya
huquqini joriy etish taklifini bildirgandi. Raqamli texnologiyalar
vazirligiga kelgusi yilda raqamli infratuzilmani rivojlantirish uchun
xorijiy investitsiyalar jalb qilish topshirildi.
505