Page 507 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 507
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
Yanvar oyi boshida hukumat qarori bilan texnopark rezidentlari
shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatiga qo‘shimchalar
kiritildi. Rezidentlarga multimedia va dizayn xizmatlari, kibersport
sohasida xizmatlar ko‘rsatish kabilarga ruxsat berildi.
IT Park matbuot xizmati
12.1. Innovatsiyalarni ochiq bozorlarda xarid qilish
biznesni innovatsion rivojlantirish
usullaridan biri sifatida
Bir tomondan to‘siqlarga yuzma-yuz kelish jarayonlarining
mantig‘i, boshqa bir tomondan esa ushbu to‘siqlarni yengib o‘tishga
bo‘lgan intilish yirik korporatsiyalarning innovatsion rivojlanishini
belgilab beradi. Avval boshidanoq, talab yoki isteʼmolchilarning xulq-
atvori, ijtimoiy-iqtisodiy matritsalarning o‘zgarishidan darak beruvchi
signallarni payqay olish bir tomondan, yana bir boshqa tomondan
esa muayyan to‘siqlar bilan kompaniyaning kreativ fikrla shining
to‘qnash kelishi haqida xabar beruvchi signallarni vaqtida ilg‘ash
bozor o‘zgarishlari taʼsirida vujudga keluvchi yoki texnologiyalar
sohasidan kirib keluvchi tom maʼnodagi innovatsiyalarning
darakchisi hisoblanadi. Bozordagi raqobat muhiti tez o‘zgaruvchan
sharoitlarda innovatsiyalarni joriy etish zaruriyati muhim ahamiyat
kasb etadi. Xususan, innovatsion faoliyatning shiddatli kechishi
yoki baynalmilallashuv (xalqaro rivojlanish) darajasining o‘sib bo-
rishi va shuningdek, inqiroz sharoitida “so‘nib” borayotgan bozorda
o‘z ulushini saqlab qolish va xarajatlarni pasaytirishning yagona
yo‘li sifatida yangi texnologiyalarni joriy har qachongidan ham
dolzarb bo‘lib boradi. Tashqi muhitda bunday shiddatli o‘zgarishlar
yuz bergan holatda, kompaniyalar o‘z strategiyalarini, aktivlarini,
uskunalarini va texnologik kompetensiyalarini o‘zgartirishlari talab
etiladi. Bu o‘zgarishlar kompaniya aktivlarining muayyan qismini
qadrsizlantirsa, ayni paytda muayyan aktivlarning qadri juda ham
o‘sib ketadi. Baʼzi bir kompaniyalar mazkur o‘zgarishlar natijasida bir
lahzada tanazzulga uchrasalar, ayni paytda maʼlum bir kompaniyalar
industrial tashkilotlarning yangi shakllari, yangi bozorlar, ishlab
506