Page 509 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 509

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             texnologiyalarni joriy etish evaziga mahsulot va xizmatlar tannarxini
             pasaytirishga yo‘naltirilgan qo‘shib olish va sotib olishlar talab etiladi.
             Iqtisodiy  o‘sish  iqtisodiy  faoliyatning  kengayishi,  iqtisodiy  tanazzul
             sharoitida avval erishilgan natijalarni himoya qilish va bozor ulushini
             yangi “ijodiy” yechimlar orqali saqlab qolishni ifoda etishini taʼkidlash

             muhim. Aynan shu ning uchun ham, inqiroz sharoitida kompaniyalar
             o‘zlarining “omon qolishlari”ga imkon beruvchi yangi texnologiyalarni
             izlaydilar. Bunday yangi texnologiyalar kompaniyaga:
                -  kompaniyaning joriy mahsulotlari uchun yangi sotish bozorla-
             rini izlab topishga;
                - yangi texnologiyalarni joriy etish orqali yangi bozorlarni qozonish;
                -  yangi texnologiyalarni joriy qilish (kompaniyalar, texnologiyalar
             tashuvchilarini  sotib  olish)  orqali  kompaniyaning  mavjud
             mahsulotlarining tannarxini pasaytirish imkonini beradi.

                XX asrning 80-yillaridan boshlab, to o‘tgan asrning 90-yillari oxiriga
             qadar  AQShning  mudofaa  sanoati  bozordagi  o‘z  ustun  mavqeini
             saqlab qolish maqsadida harakat qilganligini yangi texnologiyalarni
             muvaffaqiyatli joriy etishning namunasi sifatida keltirib o‘tishimiz
             mumkin.
                Shunday qilib, sovuq urush tugaganidan so‘ng harbiy xarajatlar-
             ning  qisqartirilishi AQSh  mudofaa  sanoati  uchun  juda  katta  zarba

             bo‘lib tushdi. Sovuq urush tugaganidan so‘ng (XX asrning 80-yillari)
             harbiy  budjetlarning  kuchli  o‘sishidan  so‘ng,  Amerika  harbiy
             sanoati  xarajatlarning  keskin qisqarishi  oqibatida salbiy holatlarni
             boshidan  kechira  boshladi.  Harbiy  texnikalar  sotib  olish  uchun
             AQSh  budjeti  1987-yilda  160  mlrd  dollar  sarflagan  bo‘lsa,  oradan
             o‘n yil o‘tib bu ko‘rsatkich 80 mlrd dollarga tushib qoldi. Mudofaa
             sanoatining  100  ta  kuchli  kompaniyalari  tomonidan  qurol-yarog‘
             sotish  1990-yilga  nisbatan  1995-yilga  kelib  30  foizga  qisqarib
             ketdi. Harbiy-siyosiy vaziyatning bunday tus olishi AQSh mudofaa

             sanoati  bozorida  jiddiy  o‘zgarishlar  va  intensiv  qayta  qurishlarga
             sabab bo‘ldi.  Amalga oshirilgan qo‘shib olish va sotib olishlardan
             so‘ng, AQSh mudofaa departamentining atigi 4 ta asosiy mahsulot
             yetkazib beruvchilari omon qolishdi. XX asrning 90-yillarida harbiy

                                                  508
   504   505   506   507   508   509   510   511   512   513   514