Page 505 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 505
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
12-MAVZU BIZNESNI INNOVATSION RIVOJLANTIRISH
12.1. Innovatsiyalarni ochiq bozorlarda xarid qilish biznesni
innovatsion rivojlantirish usullaridan biri sifatida
12.2. Yangi texnologiyalarni joriy etishda innovatsion
rivojlanishning muvaffaqiyat omillari
12.3. Yangi texnologiyalarni joriy qilish orqali kompaniyalarni
muvaffaqiyatli innovatsion rivojlantirish borasida misollar
Mavzuning qisqacha sharhi. Innovatsion jarayon innovatsiyaga
intilish, yangi mahsulotlar va operatsiyalarni ishlab chiqish, ularni
bozorga chiqarish va natijalarni yoyish borasidagi bosqichma-bosqich
amalga oshiriluvchi harakatlar majmuidir. Innovatsion jarayon
innovatsion jarayonning yaxlit tuzilmasiga birlashtirilgan yetti unsurni
o‘z ichiga oladi. Mazkur unsurlar quyidagilardan iborat: innovatsiya
g‘oyasini yaratish, innovatsiyalar marketingi, innovatsiyalarning
iqtisodiy samaradorligini baholash, innovatsiyalarni o‘zlashtirish,
innovatsiyalarni tijoratlashtirish, innovatsiyalarni yoyish.
Innovatsiyalarga tarmoq yoki soha uchun kutilmagan hodisalar,
real voqelik bilan tasavvurlar o‘rtasidagi nomuvofiqlik, jarayonning
ehtiyojlari bilan bog‘liq yangilanishga bo‘lgan ehtiyoj, tarmoq
yoki bozordagi kutilmagan o‘zgarishlar, demografik o‘zgarishlar,
qadriyatlardagi o‘zgarishlar, yangi bilimlar turtki beradi.
Innovatsiyalar raqobat ustunligiga erishish yohud uni saqlab
qolish maqsadida amalga oshiriluvchi majburiy chora hisoblanadi.
Tadbirkorlik faoliyati bilan innovatsion faoliyatning o‘xshashligi
ikkala faoliyatning ham xatarga moyilligida namoyon bo‘ladi.
Mutaxassislarning fikricha, innovatsiyalarni yoyish borasidagi
qiyinchiliklarning asosiy qismi innovatsion jarayon ishtirokchilari
o‘rtasidagi munosabatlarning yetarlicha yo‘lga qo‘yilmaganligi
bilan bog‘liqdir. Ushbu holat innovatsiyalarni ishlab chiqish va
amalga oshi rishning asosiy boshqaruv mexanizmi – innovatsion
biznes hamjamiyatini shakllantirishni zaruriyatini ko‘rsatadi.
504