Page 510 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 510
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
budjetlarning qisqarishiga javob tariqasida mudofaa industriyasini
tinch maqsadlarda foydalaniluvchi fuqarolik industriyasiga o‘tkazish
borasida harbiy sohada to‘plangan boy tajribadan tinch maqsadlarda
samarali foydalanish, yangi texnologiyalarni izlab topish va ishga
solish bo‘yicha jadal islohotlar amalga oshirildi. Ushbu qo‘shilish
va sotib olishlar ish o‘rinlarining qariyb 40 foiz qisqarishiga olib
kelgan bo‘lsada (mudofaa sektorida ish bilan band bo‘lganlarning
umumiy soni 1989-yilda 1,3 mln kishidan 1995-yilda 780 ming
kishigacha qisqargan), baʼzi kompaniyalar esa mustaqil innovatsion
kompaniyalardan ochiq bozorlardan texnologiyalarni sotib olish
evaziga o‘z faoliyatlarini qayta qurib omon qolishdi.
Misol uchun, IBM mudofaa elektronikasidan voz kechgan holda
kompyuter texnologiyalari sohasida fuqarolik loyihalariga katta
qarata boshladi va aytish mumkinki, u bu ishni muvaffaqiyatli uddalay
oldi. Ochiq bozorlarda yangi texnologiyalarni xarid qilish jarayonlari
hisobiga kompaniyalarning yangi bozorlarga mo‘ljal olishiga XX asr-
ning 80-yillari oxiri va XX asrning 90-yillari boshida kimyo sanoati
kompaniyalarining faoliyatini yana bir misol sifatida keltirishimiz
mumkin.
Ushbu davrda kimyoning umumiy (asosiy) kimyo va maxsus
kimyoga ajralishi yuz berdi. Ushbu davrga kelib, maxsus kimyo
sohasida daromadlarning keskin o‘sishi kuzatildi. Shu munosabat bilan
texnologik kompaniyalarni, yangi texnologiyalarni tashuvchilarni
sotib olish boshlanadi. 1985-yildan 1993-yilgacha bo‘lgan davrda,
1690 ta yuqori texnologiyali kompaniyalar sotib olingan bo‘lsa,
qiymati 1 mln dollardan ziyod bo‘lgan kompaniyalar bilan tuzilgan
bitimlar soni Yevropada 1188 tani, Yaponiyada esa 110 tani tashkil
etdi. Shuni taʼkidlash lozimki, bozorning yirik o‘yinchilari tomonidan
yangi texnologiyalarni tashuvchi yuqori texnologiyali kompaniyalarni
sotib olish bo‘yicha bitimlarni amalga oshirish jarayoni nafaqat yuqori
daromadlilikka ega bo‘lish istagi bilan, balki innovatsiyalar raqobatda
yutib chiqishning muhim omili bo‘lgan maxsus kimyo sohasidagi yangi
texnologik standart-fundamental jarayonlar bilan ham izohlanadi.
90-yillarning oxirlarida farmatsevtika sohasidagi qo‘shilish va
509