Page 512 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 512

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
            Qo‘shib  olish  va  sotib  olishlar  jarayoni  maʼlum  bir  motivlarga
          asos lanadi  va  muayyan  maqsadlarni  ko‘zlaydi.  Barcha  motivlar  va
          maq sadlar  strategik  motiv  va  maqsadlar  hisoblanadi,  chunki  ular
          kompaniyaning bozordagi mavqeini mustahkamlash, korxonani
          barqaror rivojlantirish, resurslarni samarali boshqarishni ko‘zda

          tutadi. Strategik maqsadlar korxonaning quyidagi global maqsadlarini
          aks ettiradi:
            1. Himoyalanish maqsadlari;
            2. Investitsion maqsadlar;
            3. Informatsion maqsadlar;
            4. Sinergitik naf ko‘rish;
            5. Boshqaruv sifatini oshirish;
            6. Soliq motivlari;
            7. Kompaniyaning bozor narxi va uning o‘rnini qoplash qiymati

          o‘rtasidagi farq.
            1. Kompaniyaning himoya maqsadlari uning o‘zi faoliyat ko‘r-
          satayotgan sektor yoki boshqa sektordan xaridlarni amalga oshirishi,
          qo‘shimcha aktivlarni sotib olishi; qo‘shilish orqali bozordagi mavqeini
          mustahkamlash, turli vosita va usullar yordamida raqobatchilardan
          xalos bo‘lish evaziga o‘sish imkoniyatlarining mavjudligida aks etadi.
            2.  Investitsion  maqsadlar.  Kompaniyalar,  ularning  menejerlari

          va investorlar quyidagi maqsadlarni ko‘zlaydilar: bo‘sh mablag‘larni
          joylashtirish;  foydali  biznesda  ishtirok  etish;  yetarlicha  yaxshi
          baholanmagan va kelgusida qiymati oshishi mumkin bo‘lgan
          aktivlarni sotib olish; boshqaruv tajribalaridan unumli foydalanish;
          ortiqcha  naqd  pullarni  investitsiyalarga  yo‘naltirish;  portfel  uchun
          antisiklik yoki balanslovchi aktivlarni sotib olish.
            3.  Informatsion  maqsadlar.  Qo‘shib  olish  va  sotib  olishlar
          kompaniyaning  mol  yetkazib  beruvchilarning  texnologiyalari  va
          xarajatlari  to‘g‘risida,  isteʼmolchilarning  qaysi  mahsulotlarni  afzal

          ko‘rishlari borasida xabardorlik darajasini oshiradi.
            4. Sinergitik samaraga ega bo‘lish. Kompaniyalarni qo‘shib olish
          va sotib olishlar ko‘rinishida qaytadan tashkil etish sinergitik sama-
          raga erishish va uning taʼsir kuchini oshirishda namoyon bo‘ladi, yaʼni

                                               511
   507   508   509   510   511   512   513   514   515   516   517