Page 514 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 514

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
            Kompaniyaning bozor qiymati uning daromad keltira olish
          imkoniyatlariga asoslanadi  va kompaniya aktivlarining iqtisodiy
          qiymati ham aynan shu orqali belgilanadi.


                12.2. Yangi texnologiyalarni joriy etishda innovatsion
                         rivojlanishning muvaffaqiyat omillari

            Birlashish va sotib olishda yangi texnologiyalarni joriy etishning
          muvaffaqiyati quyidagi ikkita omilga bog‘liq:
            1. Izlab topilgan sinergitik samara;
            2. Xalqaro rivojlanishda samarali integratsiya.
            Yangi texnologiyalarni joriy etishda innovatsion rivojlanishning mu-
          vaffaqiyatini belgilab beruvchi asosiy omillar quyidagilar hisob lanadi:
            1.  Daromadlar  sinergiyasi: eng  yaxshi innovatsion qobiliyat
          evaziga  bozorga  eng  yuqori  darajada  tovarlarni  sotish  (yangi

          mahsulotlar,  bozorga  chiqish  sarflanadigan  vaqtning  kamligi)  yoki
          bozorning keng qamrovi (geografik va gamma mahsulotlar)
            2.  Xarajatlar  sinergiyasining  uch  modeli  –  qo‘shib  olish  (sotib
          oluv chi sotib olinayotgan kompaniyaning barcha tuzilmalarini to‘-
          lali gicha o‘zgartiradi), paritet (qo‘shib olish va sotib olish borasidagi
          qiyin kechgan muzokaralar natijasida yangi tuzilma borasida 50/50
          foiz qaror qabul qilinadi), ikkita kompaniyaning qo‘shilishi jarayonida

          ikkita kompaniyadan eng yaxshisi qoldiriladi.
            Uzoq vaqt davomida ilmiy jamoatchilikni texnologiyalar tashuv-
          chisi  bo‘lgan  kompaniyalarni  muvaffaqiyatli  sotib  olishga  aynan,
          qaysi omillar taʼsir ko‘rsatishi haqidagi savollar qiziqtirib keldi. Bu
          savollar sirasiga quyidagilarni kiritamiz:
            -  Pasaytirilgan narxlar bo‘yicha tranzaksiyalar qiymat yarata ola-
          dimi (texnologiyalarni sotib olish savdolashishga arziydimi)?
            -  Strategik nuqtai nazardan yondashilganda o‘xshash tarmoq lar-
          dagi qo‘shilishlar qiymat yaratadimi?

            -   Aksiyalarning pasaytirilgan kursi bilan kompaniyalarni sotib olish
          qiymat yarata oladimi?
            -  Sotib olinayotgan kompaniyaning ko‘lami muvaffaqiyatga taʼsir
          qiladimi?

                                               513
   509   510   511   512   513   514   515   516   517   518   519