Page 516 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 516
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
– Standartlashtirilgan komponentlardan foydalanib ishlab
chiqarishni tashkil etishda xizmatlari standartlashtirish;
– Ko‘pincha ishlab chiquvchilar muvaffaqiyatli rivojlanishdagi o‘z
hissalariga mos tarzda moliyaviy jihatdan rag‘batlantirilmaydilar.
Ayni chog‘da kompaniyaga yangi texnologiyalarni joriy etishda
muvaffaqiyat keltiruvchi asosiy omillarga quyidagilarni kiritish
mumkin:
– texnologik jarayonni rejalashtirish;
– texnik axborotlarni topa olish qobiliyati;
– o‘z intellektual kapitalini himoya qila olish qobiliyati;
– isteʼmolchilarning xulq-atvorini tizimli tahlil qilish;
– innovatsion jarayon cheklangan sondagi xodimlar bilan
hamkorlik darajasida amalga oshiriladi;
– menejer innovatsion jarayonlarning borishini doimiy kuzatib
borishi va ayni vaqtda ishlab chiquvchilar faoliyatining yetarlicha
erkin bo‘lishini taʼminlashlari talab etiladi.
Yangi texnologiyani sotib olgandan so‘ng, yangi texnologiyaga
moslashishga eʼtibor qaratish ham muhimdir. Yangi texnologiyalarni
moslashtirish samaradorligini tahlil qilish odatda, bir necha
bosqichlarda amalga oshiriladi, yaʼni: qo‘shilishdan oldin, dastlabki
olti oy davomida, birinchi yarim yildan so‘ng. Odatda texnologiyani
sotib olgandan keyin uni muvaffaqiyatli joriy etilishini tahlil qilish
/ auditdan o‘tkazishda quyidagi savollarga batafsil javob olishimiz
kerak bo‘ladi:
Qo‘shilishdan oldin:
biznes sheriklar: xodimlar, aksionerlar, OAV, mol yetkazib beruv-
chilar, mijozlar bilan qay tarzda muloqot qilish lozim?
Zaruriy texnologiyaning tashuvchisi bo‘lgan kompaniya
maqsadlarining kuchli va zaif tomonlari nimalarda ko‘rinadi?
Sotib olish, paritet, ikkitasidan eng yaxshisini tanlash masalalariga
qanday yondashish kerak?
Loyiha integratsiyasi uchun vaqtni qanday hisoblash mumkin?
Eng yaxshi xodimlarni qanday ushlab qolish mumkin?
Xarajatlar sinergiyasining potensiali qay darajada?
515