Page 515 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 515
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
Ayni damda innovatsion mahsulotning tijorat yutug‘i ko‘p jihatdan
isteʼmolchilarning: iqtisodiy modelning hayotiylik sikli, jamiyatdagi
o‘zgarishlar, birlamchi xulq-atvorning o‘zgarishi kabi unsurlardan
tarkibi topgan xulq-atvorining o‘zgarishlariga bog‘liq.
Ushbu holatda:
– iqtisodiy modellar bir necha o‘n yildan tortib bir necha asrga
bo‘lgan hayotiylik davriga ega ekanligini;
– jamiyatdagi muhim o‘zgarishlar bir necha o‘n yilliklar davomida
amalga oshishini;
– texnologiyalarning hayotiylik sikli yarim yildan o‘n yilgacha,
baʼzi holatlarda ellik yilgacha davom etishini;
– inson xulq-atvori bir necha oydan tortib, to insonning butun um-
ri davomida o‘zgarishini anglab yetish muhim ahamiyat kasb etadi.
Innovatsiyalarning eng yuqori darajada muvaffaqiyatga erishish
ehtimoli yuqorida tilga olib o‘tilgan to‘rt yo‘nalishlardan birining
burilish pallasiga to‘g‘ri keladi. Turli vaqt oraliqlari bilan takrorlanib
turuvchi sikllarga moslashish innovatsion kompaniya muvaffaqiyatini
taʼminlashning muhim omili sanaladi, ammo bu o‘rinda quyidagi
holatlarni hisobga olish talab etiladi:
– uzoq muddatli moliyaviy rejalashtirishni amalga oshirish
murakkab vazifa hisoblanadi;
– ko‘plab sektorlarda texnologik sikl qisqarib boradi.
Shu bilan birga, ilg‘or texnologiyalarni joriy etishda zamonaviy
kompaniyalarning zaif tomonlari quyidagilarda ko‘rinadi:
– Keskin raqobat isteʼmolchilarning xulq-atvoriga salbiy taʼsir
ko‘r satadi;
– Butun eʼtiborni omon qolishga qaratilishi strategik investitsiya-
lardan chalg‘itadi;
– Kichik kompaniyalarda ishlab chiqaruvchining roli odatda bir
kishiga beriladi;
- Kompaniyada innovatsion jarayonlarni markazlashtirish tenden-
siyasi;
– Inson omili ko‘pincha eʼtiborga olinmaydi;
– Kapital brendiga mutlaq bog‘liqlik;
514