Page 511 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 511
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
sotib olish to‘lqinlari, o‘sha davrda biotexnologiya sohasida ro‘y
bergan inqilobiy o‘zgarishlar asnosida vujudga kelgan innovatsiyalar
dinamikasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq edi. Ochiq bozorlarda kerakli
yangi texnologiyalarni sotib olish evaziga farmatsevtika kompaniyalari
maʼlum darajada inqilobiy o‘zgarishlar silsilasidan omon qolishga
muvaffaq bo‘ldilar. Shu bilan birgalikda, biotexnologiya sohasidagi
inqilobiy o‘zgarishlar anʼanaviy farmatsevtika kompaniyalarining
xatti-harakatlariga jiddiy taʼsir ko‘rsatdi va yirik kompaniyalarning
innovatsiyalarga bo‘lgan yondashuvida ham katta o‘zgarishlarga
olib keldi. Mazkur sohada yuz berayotgan o‘zgarishlar asnosida
innovatsiyalarni sotib olish ko‘pchilik kompaniyalar uchun “mudofaa
strategiyasi”ning bir qismiga aylanib qoldi, turli ilmiy-tadqiqot
laboratoriyalari, tashqi va mustaqil bo‘lgan ilmiy-tadqiqot guruhlari
kabi biotexnologiya sohasidagi uncha katta bo‘lmagan kompaniyalar
innovatsiyalarning o‘ziga xos o‘sish nuqtasini ifoda etgan holda, yirik
farmatsevtik kompaniyalar uchun innovatsiyalarni ishlab chiqaruvchi
vazifasini bajara boshladilar. Ayni paytda yirik kompaniyalar
innovatsiyalarning asosiy isteʼmolchilari va buyurtmachilari
bo‘lganliklari bois, patentlarning asosiy qismi ularning nomiga
ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
“Qo‘shib olish va sotib olish” terminlari ingliz tilidan olingan
bo‘lib, hammaga maʼlum bo‘lgan “Mergers and Acquisitions (M&A)”
terminlarining so‘zma-so‘z tarjimasi hisoblanadi. Kompaniyalar-
ning qo‘shib olinishi va sotib olinishi XIX asrning oxirlarida AQShda
amerika sanoatining kichik va o‘rta korxonalardan transmilliy
korporatsiyalarga o‘tishi asnosida keng quloch yoza boshladi.
Qo‘shilish (merger) – bu ikki yoki undan ortiq kompaniyalarning
birlashishini ifoda etuvchi operatsiya hisoblanadi. Sotib olish
(take over) – maq sadli kompaniyaning 50 foiz yoki undan ko‘proq
aksiyasini sotib olish yo‘li bilan uning ustidan nazorat o‘rnatishdir.
G‘araz maqsadlar va yo‘llar bilan kompaniyalarni sotib olish haqida
gap borsa, ko‘pincha mazkur termindan foydalaniladi. Acquisition
– bir kompaniya boshqa kompaniyani to‘lig‘icha yoki qisman sotib
olishi bilan bog‘liq operatsiyalarni ifoda etadi.
510