Page 513 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 513
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
ikki yoki undan ortiq kompaniyalarning o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi
faoliyatlari ushbu kompaniyalarning yakka o‘zlari erishish mumkin
bo‘lgan natijadan bir necha barobar ko‘p natijaga erishish imkonini
beradi. Ushbu holatda ITTKI sohasida bir-birlarining o‘rnini to‘ldi-
rish, tranzaksion xarajatlarning qisqarishi evaziga moliyaviy tejash ga
erishish, raqobatning susayishi sababli bozor ulushini ortishi kabi lar
evaziga sinergitik samaraga erishiladi.
5. Boshqaruv sifatini oshirish. Kompaniyalarning qo‘shilishi yoki
sotib olinishidan avval muayyan bir firmaning aktivlarni boshqarish
borasidagi faoliyati samarasiz bo‘lgan bo‘lsa, qo‘shilish yoki sotib
olish jarayonlaridan so‘ng, kompaniya aktivlarini boshqarish
samaradorligi ortadi. Aktivlardan samarali foydalana olmayotgan,
xarajatlarni pasaytirish va sotish hajmini oshirish imkoniyatlarini
yetarlicha ishga sola olmayotgan kompaniyalar amalda ko‘plab
topiladi, aynan mana shunday kompaniyalar qo‘shib olish va sotib
olish larning obyektiga aylanadi.
6. Soliq motivlari. Amaldagi soliq qonunchiligi baʼzan pirovard
natijasi soliqlarni pasaytirish yoki soliq imtiyozlarini qo‘lga kiritish
bo‘lgan qo‘shib olish va sotib olishlarni rag‘batlantiradi. Masalan,
soliq yuki yetarlicha og‘ir bo‘lgan serdaromad firma kelgusida yaxlit
korporatsiya tashkil etishda foydalanilishi mumkin bo‘lgan katta
soliq imtiyozlariga ega kompaniyani sotib olishi mumkin. Ushbu
kompaniya soliq tushumlari evaziga resurslarni tejash borasida
katta imkoniyatga ega bo‘lsada, ammo uning foyda darajasi mazkur
imkoniyatdan to‘la qonli tarzda foydalanish imkonini bermaydi.
7. Kompaniyaning bozor narxi va uning o‘rnini qoplash qiymati
o‘rtasidagi farq. Odatda yangi korxona tashkil etishdan ko‘ra, amalda
faoliyat ko‘rsatayotgan korxonani sotib olish osonroq kechadi.
Nishon-kompaniya mulkiy majmuining bozor bahosi kompaniya-
ning aktivlarini almashtirish uchun sarflanadigan sarf-xarajatlar qiy-
matidan past bo‘lgan hollarda, kompaniyani sotib olish maqsadga
muvofiq hisoblanadi. Kompaniyaning bozor narxi va uning o‘rnini
qoplash qiymati o‘rtasidagi farq sotib olinayotgan firmaning bozor va
balans qiymatlari bir-biriga to‘g‘ri kelmasligidan kelib chiqadi.
512