Page 508 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 508
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
chiqarish va mahsulotlarni tashishning yangicha usullari, yangi
tovar va xizmatlar, yangi isteʼmolchilarga tayangan holda tezkor
o‘sish bosqichiga erishadilar. Bunday tezkor o‘sishining asosida
bozor muhitiga moslashish, bozor muhitining halokatli taʼsir etuvchi
omillarining taʼsiridan o‘ziga xos kreativ yondashuvga asoslangan
xulosalar yasash yotadi. Ayniqsa, inqiroz davrida, kashfiyotlarning joriy
etilishi ko‘pincha korxonalarning ochiq bozorda texnologiyalarni sotib
olishiga asoslangan tarmoqlardagi qo‘shilish va sotib olish to‘lqinining
xatti-harakatlarini aks ettiradi. Ushbu davrda yangi texnologiyalarni
qo‘llash qimmat va qaltis hisoblansa ham, korxonalar yangi
texnologiyalarni joriy etishga majbur bo‘ladilar. Innovatsiyalarni joriy
etish natijasida yuzaga kelgan qo‘shilish va sotib olish statistikasi “ijodiy
halokat” jarayonining barcha kuchli tomonlarini va samaradorligini
taʼkidlashga imkon beradi. Ochiq bozorda innovatsiyalarni sotib olish
jarayoni kichik innovatsion kompaniya uchun bozorga “chiqish”ning
asosiy yo‘llaridan biri ekanligini va yirik kompaniyalar uchun
innovatsiyalarni sotib olishning asosiy yo‘li ekanligini tushunib olish
muhimdir. Yuqorida keltirib o‘tgan fikrlarimizni quyidagi statistik
maʼlumotlar ham tasdiqlaydi: 1990-yillarning oxi rida qo‘shib olish va
sotib olishlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar oqimining to‘rtdan uch
qismini tashkil etgan. Odatda qo‘shilish va sotib olishlar jarayonida
kompaniyalarning qariyb 75 foizi muayyan sinergetik samaraga
ega bo‘lishga intiladilar, buning ortida esa oddiy bir maqsad – u
ham bo‘lsa raqobat ustunligiga erishish va shu asosda ko‘proq foyda
olish yashiringan bo‘ladi. Iqtisodiy muhitning o‘zgaruvchanligi va
kompaniyaning asosiy maqsadi foyda olishdan iborat ekanligidan kelib
chiqadigan bo‘lsak, iqtisodiy muhitning turli holatlarida bu maqsadga
erishishning turli yo‘llari va yanada ko‘proq foyda olishning usullari
borligini eʼtibordan chetda qoldirmasligimiz lozim. Iqtisodiy o‘sish va
o‘z navbatida qo‘shilishi va sotib olishlar ning anʼanaviy tarzda o‘sib
borishi sharoitida asosiy maqsadi operatsion sinergetik samaraga ega
bo‘lish hisoblangan (biznesni kengayti rishga yo‘naltirilgan klassik
qo‘shilish va sotib olishlar) qo‘shib olish va sotib olishlar ustunlik qiladi,
chunki iqtisodiy rivojlanish surʼatlarining pasayishi chog‘ida yangi
507