Page 517 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 517

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
                Daromad sinergiyasining potensiali qay darajada?
                Dastlabki olti oy:
                Barcha vakolatlarga ega bo‘lgan integratsiya masalalari bo‘yicha
             kengash tashkil etilganmi?
                Barcha boshqaruvchilar o‘z o‘rniga qo‘yilganmi?

                Butun loyiha puxta rejalashtirilganmi?
                Maʼlumotlarning yoritilishi aniq va mukammalmi?
                Monitoring va sinergiyaga erishish uchun kim javobgar?
                Ichki  va  tashqi  xarajatlar  sinergiyasini  izlab  topish  nihoyasiga
             yetdimi?
                Mijozlarning kutilmalari qanday?
                Birinchi yarim yillikdan so‘ng:
                rejalashtirilgan ssenariyning amalda olingan natijalarga mos
             kelishi yoki mos kelmasligini o‘rganish amalga oshiriladi. Yuqorida

             keltirilgan  barcha  omillar  kompaniyani,  kerakli  texnologiya
             tashuvchisini  sotib  olishni  yoki  yirik  sanoat  kompaniyasining
             muvaffaqiyatli  innovatsion  rivojlanishi  uchun  qaror  qabul  qilish
             ssenariysini rejalashti rish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.


                        12.3. Yangi texnologiyalarni joriy qilish orqali
                         kompaniyalarni muvaffaqiyatli innovatsion
                                 rivojlantirish borasida misollar

                Bugungi kunda sotib olish va qo‘shib olish zamonaviy biznes ola-
             mida umumiy strategiyaga aylangani holda, korporativ dunyoni
             shakllantirishda hal qiluvchi rol o‘ynamoqda. Ushbu bitimlar kuchli
             tashkilot yaratish yoki o‘sish imkoniyatlarini kengaytirish uchun ikki
             yoki undan ortiq kompaniyalarni birlashtirishni o‘z ichiga oladi. Sotib
             olish va qo‘shib olishlar tarmoq, iqtisodiyot va isteʼmolchilarga ham
             katta  taʼsir  ko‘rsatadi.  Ularning  ahamiyatini  tushunish  zamonaviy
             tijorat yuritish yuksak darajaga ko‘tarishni mo‘ljal qilgan biznes

             sohasi mutaxassislari uchun zarur shartlardan biri hisoblanadi.
                Qo‘shib  olish  va  sotib  olish  borasidagi  eng  yaxshi  bitimlarni
             aniqlash ularning ahamiyati va taʼsirini baholashning turli mezonlarni
             sinchkovlik  bilan  baholashni  ko‘zda  tutadi.  Bunday  bitimlarning

                                                  516
   512   513   514   515   516   517   518   519   520   521   522