Page 496 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 496
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
kerak bo‘lsa, unda diskont stavkasi kredit bo‘yicha foiz stavkasiga
teng bo‘ladi.
Bir muncha murakkab vaziyatlarda, xususan investitsiya qilingan
kapital turli manbalardan olinganida, diskont stavkasini hisoblash
bir qadar murakkablashadi. Bunday holatlarda, kreditlar bo‘yicha
foiz lar o‘rniga, hisoblashda kapitalning o‘rtacha tortilgan qiymati
tushunchasidan foydalaniladi (Weighted Average Cost of Capital,
WACC). Ushbu ko‘rsatkich quyidagicha hisoblab topiladi:
WACC = Kkm × Rkf + Kau × Rxd
Bu yerda:
Kkm — moliyalashtirish manbaida kredit mablag‘larining ulushi;
Kau — aksionerning o‘z mablag‘lari ulushi;
Rkf — kredit bo‘yicha foiz stavkasi;
Rxd — aksioner tomonidan talab etiluvchi xususiy kapitalga to‘g‘ri
keluvchi daromad.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, kapitalning har bir tashkil
etuv chisi loyihaning pul qiymatiga kapital manbaidagi ulushiga
mutanosib bo‘lgan ulush qo‘shadi.
Ko‘pincha, WACC ko‘rsatkichidan aksionerlik kompaniyalarining
fond bozorlaridagi investitsion loyihalarini baholashda foydalaniladi.
Har qanday investitsiya loyihasini tahlil qilishda istiqbolni baho-
lashda o‘xshash loyihalar va kompaniyalar haqidagi maʼlumotlardan
foydalanish tavsiya etiladi. Agar tahlilning maqsadi bank kreditini jalb
qilish bo‘lsa, u holda ekspertning ishi shu yerda yakun topadi. Ammo
agar loyiha potensial yoki amaldagi aksiyadorlarga taqdim etilishi
kerak bo‘lsa, unda anʼanaviy hisob-kitoblarning majburiy davomi
sifatida prognoz qilingan pul oqimlari (kengaytirilgan qiymat asosida)
va bozor analoglari asosida yaratilayotgan biznesni baholash kerak
bo‘ladi. Daromadlarni prognozlash va biznesni baholash bosqichida
ishlatiladigan analoglar ro‘yxati bir-biriga qanchalik yaqin bo‘lsa,
hisob-kitoblarning sifati shunchalik yuqori bo‘ladi.
495