Page 434 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 434
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
Unda universitet, sanoat va maktab yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha
jamoa shaklida ishtirok etish mumkin.
Musobaqaga quyidagi 10 ta mavzu bo‘yicha texnologik
landshaftdagi dolzarb muammolarni hal qilishga qaratilgan loyihalar
qabul qilinadi:
• “Aqlli shaharlar”;
• “Sog‘liqni saqlash inqilobi”;
• “Qishloq xo‘jaligi innovatsiyalari”;
• “Barqaror energiya”;
• “Aqlli uyni avtomatlashtirish”;
• “Ekologik monitoring”;
• “Taʼlim texnologiyasi”;
• “Moliyaviy texnologiya”;
• “Maʼlumotlar muhandisligi”.
Jamoa jami 5 kishidan, jumladan, kamida bitta ayol ishtirokchidan
iborat bo‘lishi shart. Jamoa bitta murabbiy mentorga ega bo‘lishi
mumkin. Mentor jamoa asosiy institutining o‘qituvchisi yoki sanoat
vakili bo‘lishi mumkin.
Musobaqada ishtirok etish uchun jamoalar o‘zlari va loyihalari
haqidagi maʼlumotlarni ko‘rsatgan holda oldindan ro‘yxatdan
o‘tishlari lozim.
Yuqoridagi matn bilan tanishib chiqing. Bunday xakatonlarning
o‘tkazilishi innovatsion yechimlarni rivojlantirishga qay tarzda taʼsir
ko‘rsatadi, deb o‘ylaysiz?
433