Page 426 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 426
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
Kompaniyaning investitsiyalashdan keyingi qiymati – “investitsiya
kiritil-gandan keyingi kompaniyaning qiymati” – investitsiyalangan
mablag‘larni hisobga olgan holda moliyalashtirishning navbatdagi
bosqichidan so‘ng darhol amalga oshirilgan baholash natijasidagi
kompaniya qiymati.
Yaʼni sarmoya kiritilgandan so‘ng kompaniyaning ustav kapitali-
ning qiymati. Kompaniyaning sarmoyalashdan keyingi qiymati
sarmoyadorlar uchun muhimdir, chunki u bozorning mazkur
biznesni yaxlit tarzda qanday baholashini ko‘rsatib beradi. Shu tariqa,
kompaniyaning dastlabki va investitsiyalashdan keyingi qiymatlari
qu yidagilarni aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi:
• venchurli moliyalashtirish yo‘li bilan jalb qilingan mablag‘lar
miqdori;
• investitsiyalardan chiqish;
• har bir aksiyaning narxini aniqlash,
• investorning mulkiy ulushi.
Venchurli moliyalashtirishda qimmatli qog‘ozlarning turli sinflari-
ni yaratish orqali aksionerlik kompaniyasi kapitali tuzilmasini shakl-
lantirishda uchta samarali yondashuv mavjud: qimmatli qog‘ozlar-
ning turli toifalarini yaratish. Birinchi eng oddiy yondashuvga ko‘ra,
kapital tuzilmasini shakllantirishda investorlarning barcha toifalari
uchun bir bo‘lgan oddiy aksiyalardan foydalaniladi.
Professional venchurli investorlar orasida bugungi kunda eng
keng tarqalgan ikkinchi yondashuvga ko‘ra, kompaniyaning kapitali
tuzilmasini shakllantirishda institutsional va venchur investorlar
uchun konvertatsiya qilinadigan imtiyozli aksiyalardan foydalaniladi,
kompaniya asoschilari va venchurli investitsiyalashgacha bo‘lgan
paytdagi investorlar uchun oddiy aksiyalardan foydalaniladi. Uchinchi
yangicha yondashuvga ko‘ra, venchur investorlar oddiy aksiyalar va
konvertatsiya qilinmaydigan aksiyalardan tashkil topgan o‘ziga xos
“to‘plam”dan foydalanadilar.
Garchi venchur kapitali o‘z tabiatiga ko‘ra investitsion va aksionerlik
kapitali bo‘lsa-da, mazkur kapitalning bir qismi uzoq muddatli garovsiz
kredit ko‘rinishida ham taqdim etilishi mumkin. Bunday yondashuv
425