Page 419 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 419

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
                                                                               10.3-jadval
                          Investitsiya loyihalarini tashqi moliyalashtirish
                                 manbalarining taqqoslanma tahlili


                   Tashqi
              moliyalashtirish            Afzalliklari                Kamchiliklari
                 manbalari
                  Kreditlar        Keng tarqalganligi va qarz         Garov taʼminoti,
                                 beruvchilar korxonaning joriy   korxonaning kredit tarixi
                                   faoliyatiga aralashmasligi     va barqaror pul oqimlari
                                                                      bo‘lishi shartligi
                Davlat budjeti    Ko‘p hollarda uzoq muddatga      Hajmi cheklanganligi,
                 mablag‘lari     berilishi, baʼzida esa qaytarish    faqat maʼlum soha
                                    sharti va foizlar yo‘qligi,   loyihalari uchun, muhim
                                   hamda ijtimoiy loyihalarga        ijtimoiy-iqtisodiy
                                       ham yo‘naltirilishi       maqsadlarga yo‘naltirilishi
                 Aksiyalarni       Muddati cheklanmaganligi,          Aksiyalarni sota
                 qo‘shimcha        dividendlar berilishi faqat        olmaslik, ularni
                  emissiyasi       aksionerlar kengashida hal           chiqarishga
                                     etiladi (joriy moliyaviy    xarajatlarni qoplamaslik,
                                       natijalarga qarab)          boshqaruvni yuqotish
                                                                  ehtimolining mavjudligi
                  Venchurli            Yangi korxonalarga            Venchurli investor
               moliyalashtirish   qoʼllash mumkin, aksiyalarni   joriy faoliyatga aralashish
                                       asosiy qismi loyiha        va qarorlar qabul qilish
                                   tashabbuskorlarida qoladi           huquqiga ega

                Manba:  A.A.  Mamatov,  T.T.  Jo‘rayev,  A.N.  Erkayev  Innovatsion
             iqtisodiyot. –T.: 2019, 456 bet.

                Isroil davlati Yozma venchur fondiga 100 million dollar mablag‘
             o‘tkazib berdi, xususiy investorlar esa 178 million dollar sarmoya
             kiritishdi.  Jami  10  ta  venchur  fondlari  tashkil  etildi,  loyihalardan
             chiqish paytidagi kapital miqdori 7,8 milliard dollarni  tashkil etdi.

             1992-yilda Isroil Yozma dasturini  boshlagan bo‘lsa, keyingi 14 yil
             ichida o‘zining texnologik eksporti hajmini 2,5 milliard dollardan 11
             milliard dollargacha oshirish imkoniga ega bo‘ldi. Isroilda venchurli
             fondlar bilan bir qatorda texnoparklar tarmog‘i ham keng taraqqiy
             eta bordi. Bugungi kunga kelib, Isroilda yillik investitsiyalar hajmi 4
             – 7 milliard dollar bo‘lgan venchur industriyasi vujudga keldi.

                                                  418
   414   415   416   417   418   419   420   421   422   423   424