Page 416 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 416

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
          investitsiya kiritilgan kompaniyalarning kapitallashuvini o‘stirish va
          shu orqali kompaniyadan “chiqishda” kompaniyadagi ulushini sotish
          orqali foyda ko‘rishdan iboratdir. Kompaniyadan “chiqish” quyidagi
          uch usul orqali amalga oshadi:
            -  investitsiya  kiritilgan  kompaniyalarning  aksiyalarini  birlamchi

          ommaviy taklif qilish (IPO-sotish) vositasida fond bozori orqali;
            -  venchurli  investorning  ulushini  boshqa  investorga  (to‘g‘ridan-
          to‘g‘ri investitsiya fondlari yoki strategik investorga) sotish orqali;
            - investorning ulushini turli vosita va usullar yordamida sotib olish
          orqali.
            Tavakkalchiliklarni  taqsimlash  maqsadida  venchur  fondlari
          jamlangan mablag‘larni yetarlicha ko‘p sonli loyihalarga (10 tadan 30
          tagacha bo‘lgan loyihalar) investitsiya qiladilar. Bu tabiiy hol, chunki
          loyihalarning ancha katta qismi zarar keltiruvchi yoki daromadlilik

          darajasi past loyihalar hisoblanadi, biroq investitsiya kiritilgan loyi-
          halarning maʼlum bir qismi yuz foiz va hatto ming foizgacha daromad
          keltirishi mumkin (“3-3-3-1” qoidasi).
            Buxgalteriya hisobini soddalashtirish yoki mablag‘larning muay-
          yan qismini maqbullashtirish maqsadida retsipiyent-kompaniyalarga
          venchur fondlar tomonidan berilayotgan mablag‘lar uzoq muddatli
          garovsiz  kredit  sifatida  rasmiylashtiriladi.  Bunday  qo‘yilmalarga

          ikkala  tomon  ham  investitsiya  sifatida  qaraydilar,  loyiha  barbod
          bo‘lgan    vaziyatda      kreditlar    qaytarilmasligi      ham     mumkin.
          Venchur  fondlarining  samarali  faoliyat  yuritishida  boshqaruvchi
          kompaniyaning o‘rni juda katta.
            Venchur fondning faoliyat yo‘nalishlari, fondning katta-kichikligi,
          xodimlarning soniga bog‘liq holda boshqaruvchi kompaniyaning ich-
          ki  tuzilmasi  ham  farqlanadi.  Yirik  venchur  fondlarda  boshqaruvchi
          kompaniya  xodimlarining  ierarxiyasi  quyidagicha  ko‘rinishga  ega
          bo‘ladi:

            1)  sherik – jarayonlarni boshqaruvchi, bitimlar bo‘yicha qarorlar
          tayyorlovchi  “venchur  kapitalist”.  Sheriklarning  birlashishi  –  bu
          foydada ishtirok etuvchilar hisoblanadi.
            2)  boshqaruvchi direktor – foydada ishtirok etmaydigan, yollanma

                                               415
   411   412   413   414   415   416   417   418   419   420   421