Page 411 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 411

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             qolmay,  yana  korxonaning  sof  aylanma  mablag‘larga  bo‘lgan
             ehtiyojining katta qismini qoplaydi. Bu holat, odatda, korxonaning
             moliyaviy resurslarni faqat yuqori foiz ostida olish mumkin bo‘lgan
             sharoitdagina yuz beradi. Bu vaziyatda depozitlarga to‘lanadigan foiz
             stavkalari ham juda yuqori bo‘ladi, shuning uchun korxona yetarli

             resurslarni tashkil qilish uchun investitsion loyiha yuqori daromadligi
             va o‘ziga jalb qiluvchi bo‘lishi kerak.
                Har  qanday  holatda  uzoq  muddatli  qarzlar  va  aksioner kapitali
             o‘rtasida balans tutib turish lozim. Qanchalik aksioner kapitali hissasi
             yuqori bo‘lib, shunchalik qarz majburiyatlari hissasi kam bo‘lsa, soliq
             to‘lagunga qadar foyda shunchalik yuqori bo‘ladi. Moliyalashtirishda
             qarz  majburiyatlari  hissasi  qanchalik  yuqori  bo‘lsa,  shunchalik
             majburiyatlar bo‘yicha foiz to‘lovlari yuqori bo‘ladi. yangi korxonalar
             uchun,  ayniqsa,  innovatsion  faoliyat  bilan  shug‘ullanib  keladigan

             korxonalar uchun, kreditlar va davlat budjeti mablag‘larini jalb qi-
             lish imkoniyati chegaralangan, qimmatli qog‘ozlar bozori hali yaxshi
             rivojlanmagan  davrda  yangi  innovatsion  korxonalar  uchun  tashqi
             manbalarning eng qulayi – bu venchurli moliyalashtirishdir, ammo
             bu usulda korxona egasi o‘zgarish xatari ham mavjud.
                Jahon  amaliyotida  innovatsion  loyihalarni  va  korxonalarni
             moliyalashtirish  usuli,  o‘z  xususiyatlariga  va  infratuzilmasiga  ega

             bo‘lgan venchur kapitali bozori yaratilgan. Aynan venchur kapitali g‘arb
             mamlakatlarida innovatsion loyihalarni investitsiyalash jarayonidagi,
             ichki manbalar chegaralangan vaziyatda va boshqa tashqi manbalar
             qo‘llash imkoniyati yo‘qligida, ilmiy yangiliklarni moliyaviy negizi
             bo‘lib  xizmat  qildi. Venchur  kapitali  yoki  venchurli  moliyalashtirish
             atamalari  inglizcha  “venture”  so‘zidan  olingan  bo‘lib  “yuqori  riskli
             yangi korxona, faoliyat turi” maʼnosini anglatadi. Venchurli korxona deb
             kichik 3-5 ta yuqori malakali mutaxassislardan (olimlar, kashfiyotchilar
             va  menejerlardan)  iborat  ilmiy-izlanish  korxonasi  tushu niladi.

             Venchurli  investor  sifatida  ushbu  kichik  venchur  korxonasini
             aksiyadorlik kapitaliga (aksiyalarni sotib olish yo‘li bilan yoki
             investitsion kredit berish orqali) o‘z investitsiyalarini uzoq muddatga,
             kelajakda yuqori daromad olish maqsadida kiritadigan investorlar tu-

                                                  410
   406   407   408   409   410   411   412   413   414   415   416