Page 398 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 398
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
Bunda mablag‘lar kiritish borasida qarorlar qabul qilishda
tadbirkorlikning rivojlanish bosqichi va moliyaviy qaytimning
noaniq istiqbollari hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. 10.4-rasmda
rivojlanishning barcha bosqichlarini muvaffaqiyatli tarzda bosib
o‘tgan kompaniya daromadlari o‘zgarishining odatiy modeli
aks ettirilgan. Dastlab, daromadlar egri chizig‘i investitsiyalar
darajasining foyda darajasidan ortiqchaligini aks ettirgan holda,
keskin pasayib boradi. So‘ngra bozorga yangi mahsulot yoki
xizmatlarning kirib borishi asnosida daromadlar egri chizig‘i
ko‘tarilib boradi. Qachonki, kompaniya yetuklik darajasiga erishar
ekan, daromadlar egri chizig‘ining o‘sishi sekinlashishi mumkin.
Biroq ko‘pchilik kompaniyalar ichki o‘sish yoxud yutib yuborish yoki
birlashish dasturlari natijasida o‘zlarining yetuklik bosqichida ham
rivojlanishda davom etishlari mumkin.
Yosh kompaniyalar rivojlanishining dastlabki bosqichlarini
moliyalashtirishga “ekish bosqichi” (seed stage), ishga tushirish
bosqichi (start-up) va ilk o‘sish davri (Early Stage) bosqichlari kiradi.
Ushbu holatda “ekish” va “start-up” bosqichlari o‘rtasidagi chegara
shartli hisoblanadi, chunki har ikkala bosqichda ham salbiy pul
oqimiga ega bo‘lgan, o‘z faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishda tajribaga
ega bo‘lgan yoki tajribasi yetarlicha bo‘lmagan yosh innovatsion
kompaniyalar nazarda tutiladi. Ushbu oqimlar ko‘pchilik holatlarda
yoki umuman amalda mavjud bo‘lmagan yoki bo‘lsa-da, unchalik
ham ahamiyati katta bo‘lmagan operatsion faoliyatdan ko‘riluvchi
oqimlar hisobiga qoplanishi mumkin emas. Kompaniya bozorda
o‘xshashi bo‘lmagan yoki mavjud bo‘lganlaridan sifat jihatidan farq
qiluvchi yangi mahsulotlarni taklif qiladi. Mahsulot ishlab chiqishni
nihoyasiga yetkazish, mahsulotning dastlabki ishchi namunasini
olish, biznes-reja tayyorlash uchun ekish bosqichida yetarlicha katta
mablag‘ sarflansa-da, hali mazkur bosqichda operatsion faoliyatning
to‘liq yo‘lga qo‘yilmaganligi bois, ijobiy pul oqimlarini taʼminlashimiz
ancha mushkul. Odatda, bu bosqich mahsulotning hali to‘liq ishlab
chiqilmaganligi yoki sinovdan o‘tmaganligi bilan tavsiflanadi.
Natijada, biz kompaniya faoliyatining rivojlana borishi asnosida
397