Page 394 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 394
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
Bu vazifa shunchaki oddiy emas, chunki ko‘p hollarda kichik va
o‘rta biznes korxonalari korporatsiyalardan farqli ravishda tijorat
krediti olishda jiddiy muammolarga duch keladilar, chunki kredit
olish uchun quyidagilar bo‘lishi talab etiladi:
1. Kredit taʼminoti uchun aktivlar;
2. Foiz to‘lovlarini vaqtida hisob-kitob qilish imkoniyatini beruvchi
operatsion faoliyatda olinuvchi pul oqimlari.
Yangi tashkil etilgan kompaniyalar aksariyat hollarda kredit
taʼminoti uchun likvid aktivlarga va yetarlicha o‘z kapitaliga
ega bo‘lmaganlari holda foiz to‘lovlarini to‘lash borasida jiddiy
muammolarga duch keladilar. Demak, innovatsion start-uplarning
korporativ moliyadan yana bir farqi shundaki, ular ko‘pchilik
holatlarda kredit mablag‘lari ololmaydilar. Bundan tashqari, yirik
kompaniyalar tomonidan moliyaviy resurslarni jalb qilish uchun
keng foydalanadigan klassik moliyaviy vositalardan (masalan,
obligatsiyalar, tijorat veksellari, bank akseptlari va boshqalar) yangi
tashkil etilayotgan korxonalar yetarlicha aktivlari mavjud emasligi
bois hali foydalana olmaydilar. Start-upda mavjud ozgina o‘z kapitali
ixtirolarni yaratish va ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgani holda
faqat uning yordamidagina o‘z faoliyatini yangidan tashkil etayotgan
kompaniya o‘z faoliyatini yangidan tashkil etayotgan kompaniya
investorlarni jalb qilishi mumkin, ammo buning uchun tadbirkor
kompaniya g‘oyasiga asoslangan o‘z biznes g‘oyasining istiqbolli
ekanligiga investorlarni ishontira olishi kerak. O‘z faoliyatini noldan
boshlayotgan har qanday kompaniyada moliyaviy qarorlar qabul
qilish bilan kompaniya faoliyatining qolgan boshqa barcha jihatlari
– jamoa, personal, kadrlar, marketing, intellektual mulkni himoya
qilish, huquqiy jihatlar kabilar o‘rtasida uzviy aloqa mavjud. Bundan
tashqari, odatda, katta korporatsiyalarda bo‘lgani kabi alohida
moliya bo‘limi yoki bo‘linmasini tashkil etish uchun o‘z faoliyatini
yangidan boshlayotgan korxonalarda yetarlicha mablag‘ yo‘q. Barcha
muhim moliyaviy qarorlar kompaniyaning asoschisi bo‘lgan jamoa
tomonidan qabul qilinadi. Shu bilan birga, texnologik kompaniyalarda
muassislar ko‘pincha to‘liq yakunlangan iqtisodiy taʼlimga ega
393