Page 391 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 391
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
rining samaradorligini baholash ikki mezon asosida amalga oshiriladi.
Bular moliyaviy va iqtisodiy baholash mezonlaridir (10.1-rasm).
Xo‘jalik yuritishning zamonaviy shart-sharoitlarida iqtisodiy
o‘sishning surʼati va sifatini taʼminlash, ishlab chiqarilayotgan
mahsulotning ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini
oshirish, milliy iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlari mutanosib
rivojla nishiga erishish innovatsion tavsifga ega bo‘lmog‘i lozim.
Bunga eri shishning bir muncha murakkabligi korxona doim tanlov
oldida turi shi, yaʼni agar yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarilmasa,
erta mi-kechmi tanazzulga uchrashi, yangi turdagi mahsulotlar
ishlab chiqarishning katta xarajatlar bilan bog‘liqligi kabi omillar
bilan izohlanadi. Yuqorida tilga olib o‘tilgan omillarning taʼsiri bois,
bugungi kunda iqtisodiyot tarmoqlarida faoliyat ko‘rsatayotgan
korxonalarning juda oz qismi – 5 foizigina, mustaqil tarzda ilmiy-
tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanmoqda .
44
Innovatsion faoliyatni moliyalashtirishning oqilona tizimini yara-
tish orqali moliyaviy resurslarni jamlash va ularni innovatsion jara-
yonlarning ustuvor sohalariga yo‘naltirish imkoniyatlari paydo bo‘ ladi.
Innovatsion faoliyatni moliyalashtirish – yangi turdagi
mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonini loyihalashtirish, tadqiq
etish va tashkil qilish, ishlanmalar va tashkiliy jarayonlarni, yangi
turdagi texnika va texnologiyalarni, ish va xizmatlarni, shuningdek,
boshqaruvning yangi shakl va uslublarini yaratish va joriy etishga
yo‘naltirilgan pul mablag‘laridan foydalanishdir.
Innovatsion loyihaning mahsulot hayotiylik sikli barcha
bosqichla rida zarur moliyaviy resurslar bilan taʼminlanganligining
yuqori darajasi bozor tomonidan mahsulot yetarli darajada qabul
qilinmasligi bilan bog‘liq xatarlarni kamaytiradi va innovatsion
faoliyat samaradorligini oshiradi. Quyidagilar innovatsion faoliyatni
moliyalashti rish tizimining unsurlari hisoblanadi:
- investitsion resurs manbalari;
- moliyaviy mablag‘larni jamlash va ularni innovatsion loyihalarga
investitsiyalash mexanizmi;
44 А.В. Ильдяков.проблемы финансирования инновационной деятельности предприятия. Современные
исследования социальных проблем.№1(09),2012 г.
390