Page 386 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 386
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
10-MAVZU INNOVATSION FAOLIYATNI MOLIYALASHTIRISH
10.1. Hayotiylik siklining turli bosqichlarida kompaniyaning
innovatsion faoliyatini moliyalashtirish
10.2. Rivojlanishning dastlabki bosqichlarida innovatsion
faoliyatni moliyalashtirish manbalari
10.3. Venchur kapitali – rivojlanishning keyingi bosqichlarida
kompaniyani moliyalashtirishning asosiy manbai sifatida
10.4. Investitsion bitimlarni tuzish
Mavzuning qisqacha sharhi. Iqtisodiyotni rivojlantirishda mu-
him o‘rin tutuvchi innovatsiyalarni moliyalashtirishning samara li
mexanizmini yaratish, istiqbolli loyihalarga ichki va tashqi inves-
titsiya mablag‘larini yo‘naltirish, innovatsion faoliyat subyektlari
uchun moliyalashtirish manbalaridan birdek foydalanishlari
borasida teng shart-sharoitlar taqdim etish innovatsiyalar sohasida
davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Innovatsiyalarni moliyalashtirish tizimi innovatsion loyihalarni
amalga oshi rish uchun zarur bo‘lgan investitsion resurslarni izlab
topish va moliyalashtirishga jalb qilishga imkon beruvchi barcha o‘zaro
taʼsir qiluvchi unsurlarning yaxlitligini ifoda etadi, innovatsiyalarni
mo liya lashtirish samaradorligi innovatsiyalarni tijoratlashtirishdan
ku tilayotgan iqtisodiy natijaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq hisoblanadi.
Innovatsion faoliyatni moliyalashtirish – bu yangi turdagi tovarlarni
loyihalash, yaratish va ishlab chiqarishni tashkil etish, yangi uskuna,
texnologiya, xizmatlarni joriy qilish, boshqaruvning yangi tashkiliy
shakl va usullarini amalda qo‘llash borasida mablag‘lar taqdim
qilish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq jarayondir. Shundan kelib
chiqqan holda, mazkur mavzu doirasida innovatsion loyihalarni
amalga oshirishning turli bosqichlarida moliyalashtirishning o‘ziga
xos jihatlari to‘g‘risida fikr yuritiladi, shuningdek, innovatsiyalarni
moliyalashtirishning venchurli moliyalashtirish kabi zamonaviy
ko‘rinishlari borasida tushuntirishlar beriladi.
385