Page 381 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 381
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
3. Innovatsion start-up jamoasi uchun rolli tuzilmaning o‘rni va
ahamiyati nimada?
4. Jamoalarning asosiy tiplarini sanab bering va ularning o‘ziga
xos jihatlarini yoritib bering.
5. Jamoada ishni tashkil etishda jamoa yetakchisining o‘rni qanday
bo‘lishi kerak? O‘z fikringizni bayon qilib bering.
6. Innovatsion loyiha jamoasini shakllantirish, rivojlantirish, uning
aʼzolarini motivatsiyalash va jamoada ushlab qolishning asosiy ta-
mo yillarini sanab bering.
7. Jamoada ishlash tipi bo‘yicha jamoa ishini tashkil qilish bilan
anʼanaviy ierarxik menejmentga tayangan holda ishni tashkil qilish
qanchalik bir-biriga mos tushadi. Yirik kompaniyalarda ishni jamoada
ishlash tipi bo‘yicha tashkil qilish qanday samara beradi?
8. Jamoalar menejmenti shakllanishining asosiy bosqichlarini
sanab o‘ting.
1-topshiriq.
Global Innovatsion Indeksi (GII) – global tadqiqot va innovatsion
rivojlanish bo‘yicha dunyo mamlakatlari reytingi bo‘lib, Butunjahon
intellektual mulk tashkiloti (WIPO) tomonidan Portulans instituti,
turli korporativ va akademik tarmoq hamkorlari hamda GII maslahat
kengashi bilan hamkorlikda nashr qilinadi.
Global Innovatsion Indeksning 2023-yil reytingida O‘zbekiston
132 ta davlat orasida 82-o‘rinni egalladi. O‘zbekiston innovatsiyalar
sohasida milliy iqtisodiy rivojlanish darajasiga solishtirganda baland
ko‘rsatkichga erishgan mamlakatlar qatoridan o‘rin oldi.
“O‘zbekiston-2030” strategiyasida 2030-yilgacha bo‘lgan
muddatda innovatsion jihatdan rivojlangan kuchli 50 mamlakat
qatoridan o‘rin olish belgilangan. Sizningcha bunday maqsadga
erishish uchun qanday choralarni amalga oshirish lozim?
2-topshiriq.
10 yil oldin, ambitsiyali orzular va innovatsion g‘oyalarga ega
bo‘lgan kichik “Alif” kompaniyasi qanday qilib innovatsion ruhni
olib kelgani va Markaziy Osiyoda “FinTech” bozorining rivojlanishiga
muhim hissa qo‘shgani haqida ajoyib hikoya boshlandi. Bugungi
380