Page 378 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 378
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
• maxfiylik – ishtirokchilarning ichki jamoaviy muhokamasi yoki
trening davomida ular tomonidan aytilgan shaxsiy maʼlumotlarni
oshkor qilishga yo‘l qo‘ymaslik.
• obyektivlik – muayyan uchrashuvning asosiy maqsadi va jamoa
asosiy maqsadining o‘zaro muvofiqligi.
Jamoani ishchi guruhdan ajratish uchun uni maqsad, yetakchilik,
masʼuliyat, mehnat mahsuli, uchrashuvlar va qarorlar qabul qilish
jihatidan tahlil qilish talab etiladi.
Aynan jamoalar, ishchi guruhlardan farqli o‘laroq, bir qator
sabablarga ko‘ra samaraliroq faoliyat ko‘rsatadi. Birinchidan,
guruhning umumiy natijasi har bir alohida aʼzoning yutuqlari
yig‘indisidan tashkil topsa, jamoada esa umumiy natija jamoaning
umumiy mehnati mahsulidan tashkil topadi. Jamoada har kim
o‘zi va jamoasi ning ishi uchun javobgardir. Jamoalar nafaqat
bahslashadilar, muam molar va yechimlarni birgalikda muhokama
qiladilar, balki maʼlumot almashadilar va bir-birlaridan ilg‘or
tajribalarni qabul qiladilar. Ular ishni bosqichlarga ajratadilar va
birgalikda bajaradilar. Ularning asosiy xususiyati shundaki, ular
yagona natijani taʼminlaydigan ajralmas tuzilmalardir. Jamoani
umumiy ishga bag‘ishlash birlashtiradi. Odamlar bu sadoqatni his
qilishlari uchun ularni ishontiradigan yagona maqsad talab etiladi.
Har bir tashkilotda jamoalar yordamida samarali hal qilinuvchi ishlab
chiqarish muammolari mavjud. Bu shuni anglatadiki, rahbariyat
jamoaning o‘ziga xos xususiyati yuqori samaradorlik ekanligini
unutmasligi lozim, bu haqiqatan ham asosli bo‘lgan jamoalardan
strategik foydalanish va ularning yuqori natijalarini belgilab beruvchi
jamoaning asosiy tamoyillariga rioya qilish talab etiladi.
Loyiha faoliyatni tashkil etish shakli sifatida jamoaviy ish yuri tishni
ko‘zda tutadi. Loyihaning har bir ishtirokchisi loyiha menejeri tomonidan
qo‘yilgan individual vazifalarni hal qilsa-da, biroq, faqat jamoaviy o‘zaro
taʼsirda hal qilinishi mumkin bo‘lgan vazifalar ham mavjud. Hatto
asosiy loyiha vazifasining mayda unsurlari ham jamoaviy hamkorlikda
to‘laqonli amalga oshadi. Loyiha jamoasini shakllantirish loyihani
amalga oshirish bilan bog‘liq vazifalarning muhim qismi hisoblanadi.
377